So’nggi yangiliklar

17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  0 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  8 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  0 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  1 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   11 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  4 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  2 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  3

"Paxtakor" - "Al Hilol": uchrashuvga oid malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Al Hilol": uchrashuvga oid malumotlar

Teglar :  PaxtakorAl Hilol
CHempionlar ligasining 1-turidan avval uchrashuvga oid turli malumotlarni keltirib o'tamiz.

Hakamlar

O'yinni avstraliyalik hakamlar guruhi boshqaradi. Kristofer Jeyms hozirgacha jamoamiz ishtirokidagi bellashuvlarni boshqarib bormagan. OFK rasmiylarining to'liq ro'yxati quyidagicha:

Hakamlar: Kristofer Jeyms, Mettyu Krem, Pol Adam (hammasi Avstraliya), Omar Muborak (Eron).
Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Safiri (Eron).
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).

Qarama-qarshilik
Hozirgacha jamoalar 4 marta to'qnash kelishgan. Ulardan uchtasida Osiyoda o'tgan asrning eng mashhur klubi sifatida tan olingan "Hilol" 2:0 hisobida zafar quchgan. Bir o'yin 1:1 hisobida yakunlangan. Jamoamizning yagona goli Anzur Ismoilov hisobiga yozilgan.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi esa "Paxtakor" jami 21 bahs o'tkazgan: 3 g'alaba, 4 durang va 14 mag'lubiyat. 14 to'p kiritilib, 44 to'p o'tkazib yuborilgan. O'zbek klublarining Saudiya jamoalari ustidan safardagi yagona g'alabasini aynan "Paxtakor" qayd etgan. 2009 yil "Al Ittifoq" Dammamda 2:1 hisobida dog'da qoldirilgan.

"Al Hilol" o'zbek klublariga qarshi 12 uchrashuvda 10 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 28-6ni tashkil qiladi.

Saudiya Arabistoni va O'zbekiston klublari o'rtasidagi 47 to'qnashuvda esa saudiyaliklar 29 g'alabaga ega. 9 marta klublarimiz zafar quchib, shuncha marta durang natija kuzatilgan. To'plar nisbati 92-37, saudiyaliklar foydasiga.

Joriy mavsum
"Hilol" bir necha kun oldin "Valiahd SHahzoda Kubogi" finalida "Al Ahli"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Jamoaga 2 million rial pul mukofot sifatida topshirildi. CHempionatda esa 17-turdan keyin jamoa "Ahli"ni 1 ochkoga ortda qoldirib, 40 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.

Uchrashuv

Bellashuv 24 fevral, chorshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 16:30da boshlanadi. CHiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida 7 va 20 ming so'mdan sotilmoqda. Osiyoning eng mashhur klublaridan biriga qarshi uchrashuvda jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика