So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  24 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  3 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  38 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  11 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  79 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

Pavel Smolyachenko: "Paxtakor"ga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynaganimiz uchun "Lokomotiv"ga yutqazdik" Yangiliklar

Pavel Smolyachenko: "Paxtakor"ga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynaganimiz uchun "Lokomotiv"ga yutqazdik"

Andijonning “Andijon” jamoasi 17 – turda Toshkentda “Lokomotiv” mehmoni bo'ldi. Ushbu bahsda mezbonlar (3:1) hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvdan so'ng “Andijon” futbolchisi Pavel Smolyachenko o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Meni fikrimcha “Lokomotiv” klubi ayni damda chempionatimizning eng kuchli jamoasi. Biz uchun o'yin juda ham qiyin bo'ldi. Birinchi vazifamiz darvozamizdan gol o'tkazib yubormaslik edi. Afsuski jarima zarbasidan gol o'tkazib yubordik va shu gol rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Hisobni tenglashtirish qiyin masala edi. Birinchi bo'limda bizda golga tortadigan vaziyatlar bo'lmadi. Ikkinchi bo'limda esa o'zimda golli vaziyat yuzaga kelgandi. Afsuski o'sha vaziyatda omad mendan yuz o'girdi va imkoniyatdan foydalana ololmadim. Agarda imkoniyatlardan foydalanganimda o'yin boshqacha kechishi mumkin edi.

“Lokomotiv” jamoasi hujumlaridan himoyalanish biz uchun juda ham qiyinchilik tug'dirdi. Eng asosiysi biz uchun uydagi o'yinlarda ochko yo'qotmaslik. “Qo'qon – 1912” jamoasi bilan 6 ochkolik o'yin bo'ladi. Agarda o'sha uchrashuvda g'alaba qozona olsak turnir jadvalida ulardan qochib ketamiz. “Paxtakor” bilan bo'lgan o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilgandik. “Lokomotiv” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda kam vaqt bor edi. ushbu o'yinga to'liq tiklana olmadik. Mag'lubiyatga mana shu sabab bo'ldi deb o'ylayman. Muxlislarimiz bizni qo'llab – quvvatlash uchun Toshkentga tashrif buyurishdi. Buning uchun ularga raxmat aytaman”, - deydi “Andijon” klubi futbolchisi Pavel Smolyachenko.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика