Pavel Nedved: "Teves – haqiqiy fenomen"
01 noy 2013 19:47
Yangiliklar

Pavel Nedved: "Teves – haqiqiy fenomen"
"Yuventus" direktori Pavel Nedvedning takidlashicha yozgi transfer mavsumida "Manchester Siti"dan Karlos Tevesni sotib olayotib, ular bu futbolchining turinliklarga katta foydasi tegishini bilishgan ekan.
Aytish joizki, Italiya chempionatining ortda qolgan 10 turida 29 yoshli argentinalik futbolchi olti golga mualliflik qilib ulgurdi.
"Uni sotib olayotganimizda, bizga tegajak yordamiga aslo shubha qilmagandik. Teves - haqiqiy fenomen. Unga ishongandik va natijalar bizning haq bo'lib chiqqanimizni isbotlab turibdi. U - etakchi.Men unda o'zimning va Andonio Kontening hislatlarini ko'ryapman. Teves - chempion. To'p bilanligida uni to'xtatib qolish deyarli imkonsiz. U hech qachon taslim bo'lmaydi", deya Nedved so'zlaridan Tuttosport nashri iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar