So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  11 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  3 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o'tkazilgan gollar bo'yicha izoh berdi Yangiliklar

Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o'tkazilgan gollar bo'yicha izoh berdi

Kecha O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 hamda Osiyo Kubogi 2023 qo'shma saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin o'tkazdi.

Uchrashuvda milliy jamoamiz 2:1 hisobida oldinda borayotib yakunda tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi va o'yin so'nggida qo'yib yuborilgan gollar mag'lubiyatga sabab bo'ldi.

Uzbekistan

Eldor Shomurodov - 16', Otabek Shukurov - 56'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 5-tur

14/11/2019, 17:00

3
:
2
Tugadi

Saudi Arabia

Salman Al-Faraj - 23', Salman Al-Faraj - 85', Salem Al-Dawsari - 89'

Stadion: 31524 tomoshabin

45'
90'
16'  Eldor Shomurodov
56'  Otabek Shukurov
82'  Jaloliddin Masharipov (Odildzhon Khamrobekov)
90'  Dostonbek Khamdamov (Igor Sergeev)
23'  Salman Al-Faraj
62'  Hattan Sultan Bahbri (Abdulaziz Al Bishi)
72'  Yahya Al Shehri (Nawaf Al-Abid)
73'  Salem Al-Dawsari
73'  Abdulaziz Al Bishi
85'  Salman Al-Faraj
85'  Firas Al-Buraikan (Abdullah Al-Hamdan)
89'  Salem Al-Dawsari

O'yindan keyin bazi jurnalistlar va muxlislar mag'lubiyatga sababchi bo'lgan uchinchi gol yuzasidan terma jamoamiz darvozaboni Eldor Suyunovning harakatlarini tanqid ostiga olishdi.

SHu munosabat bilan mazkur holat va umuman darvozabonimiz Eldor Suyunovning mazkur bellashuvdagi harakatlari yuzasidan ekspert fikri bilan qiziqdik.

O'zbek futboli tarixida darvozabonlar orasidan yil futbolchisiga aylangan afsonaviy Pavel Bugalo Eldorbek Suyunovning harakatlarini mutaxassis sifatida baholadi.

- "Eldorbek Suyunov kecha yomon o'yin o'tkazmadi. Birinchi gol penalti orqali urildi. Ikkinchisi rikoshet. Bu darvozabonlar uchun juda noqulay hamda qiyin holat. Uchinchi golga keladigan bo'lsak, Suyunov o'sha vaziyat uchun darvozabonlar uchun kerakli poziciyani egallab, vaziyatni to'g'ri baholagandi. Bilasizmi, bu erda ijro mahorati mukammal bo'ldi. Futbolchi himoyachilar taqibidan qochdi va yuqori uzoq burchak taraf to'pni tepdi. Ijro esa kutilganidan ham alo chiqdi. suyunov o'sha vaziyatda yaqin burchakni yopmasdan, o'rtaroq yoki uzoq burchakni yopib turganda, birinchidan xato qilgan bo'lardi va yaqin burchakka yo'naltiriladigan zarbani to'solmasdi. CHunki imkoni bo'lmasdi. Qaytaraman, uchinchi gol darvozabonni xatosi emas, balki ijro mahorati tufayli urildi. Himoyachilar nega unga zarba berishga yo'l qo'yib berishgani haqida savol o'rtaga chiqqani maqulroq. Qolgan ko'plab vaziyatlarda esa Suyunov darvozabon sifatida to'g'ri o'ynadi va xavfni bartaraf etdi", - deydi Pavel Bugalo.


Eslatib o'tamiz, kechagi bahsda O'zbekiston terma jamoasi raqib darvozasi tomon jami 4 marotaba, Saudiya Arabistoni esa darvozamiz tomon 7 bor aniq zarba yo'lladi. Eldorbek Suyunov esa terma jamoamiz futbolchilari orasidan eng katta ball (6,2) olgan beshinchi futbolchiga aylandi. Gol urgan SHomurodov va SHukurov hamda qanot vingerlari Hamdamov bilan Masharipov o'yinda 4 marotaba seyv amalga oshirgan Suyunovdan nisbatan ko'proq ballga loyiq ko'rildi.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика