Pavar yangi jamoasidagi ilk intervyusida nemischa gapirdi
13 iyu 2019 18:59
Yangiliklar


Pavar yangi jamoasidagi ilk intervyusida nemischa gapirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi yangi futbolchisi Benjamen Pavar yangi klubi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Yanvardayoq "Bavariya" bilan shartnoma imzolagan Benjamen Pavar yangi klubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Salom, men Benjamen Pavarman. Men bugungi kunda "Bavariya" o'yinchisi bo'lganimdan baxtliman", - deydi jahon chempioni. Franciyalik futbolchi nemis tilida gapirgani esa kutilmagan hol bo'ldi.
"Bu katta g'urur. "Bavariya" - ajoyib klub", - deya qo'shimcha qildi u.
Franciyalik yangi jamoasida o'z oldiga eng yuqori marralarni qo'yishini aytib o'tdi.
"Men g'alabalarga tashnaman va sovrinlar yutishni xohlayapman. Hammasini yutishni xohlayman. "Bavariya"da o'z oldimga eng yuqori marralarni qo'yaman. SHuning uchun bu erga ko'chib o'tdim. "Bavariya" - men uchun ajoyib klub".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar