Paulu Bentu: "Yuqori sifatdagi raqiblar tufayli jahon chempionatiga chiqish vazifasi qiyinchilik tug'diradi"
27 iyu 2024 20:13
Yangiliklar
Paulu Bentu: "Yuqori sifatdagi raqiblar tufayli jahon chempionatiga chiqish vazifasi qiyinchilik tug'diradi"
Birlashgan Arab Amirliklari bosh murabbiyi Paulu Bentu jahon chempionati saralashi 3-bosqichidan o'rin olgan qura natijalari to'g'risida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, amirliklar "A" guruhida Eron, Qatar, O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi va SHimoliy Koreya bilan to'qnash keladi.
"Raqiblarimizning har biri yuqori sifatga ega bo'lgani tufayli jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qiyin bo'ladi. Logistika nuqtai nazaridan esa qulaylik olib keldi. Bu juda muhim ahamiyatga ega, sababi, ko'p futbolchilarimiz olis masofaga sayohat qilishga odatlanmagan, shu bois, endilikda moslashish va tiklanish uchun ulardan ko'p vaqt talab etilmaydi", dedi portugalik mutaxassis.
BAA terma jamoasi O'zbekistonga qarshi ilk o'yinini 15 oktbr kuni, Toshkentda o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar