Paulo Dibala: “Yana Pogba bilan gollarni birga nishonlashimizga ishonaman”
20 jan 2020 23:25
Yangiliklar
Paulo Dibala: “Yana Pogba bilan gollarni birga nishonlashimizga ishonaman”
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala MYU yarim himoyachisi Pol Pogba bilan birga to'p tepgan davrlarni yodga oldi.
“Pol bilan yaxshi munosabatdaman. U “Yuventus”daligida biz doim gol urganimizda uni turlicha nishonlash haqida o'ylardik.
Baxtimizga gollarimiz ko'p edi va biz uni har safar o'zgacha nishonlashga harakat qilardik. Umid qilamanki, bir kun kelib biz yana birgalikda gollarni nishonlaymiz”, dedi Dibala.
Argentinalik va francuz futbolchisi 2015/16 yillarda “Yuve”da birgalikda to'p tepishgan.
Fikrlar