Paulo Dibala: Menda ham "Yuventus" singari g'oliblik ruhi kuchli
25 may 2015 06:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/173229_original.jpg)
![](/upload/storage/173229_220.jpg)
Paulo Dibala: Menda ham "Yuventus" singari g'oliblik ruhi kuchli
Palermo hujumchisi Paulo Dibala Yuventusga o'tishga qaror qilgani haqida aytib o'tdi.
"Yuventus" - klubi meni boshqa jamoalardan ko'ra kuchliroq qiziqtirib qo'ydi. Aynan ularning taklifi menga qiziqroq tuyuldi. Ular meni o'z saflariga ko'rishni juda istashdi. Bu men uchun qadrli. Menda ham "Yuventus" singari g'oliblik ruhi kuchli. Keyingi mavsumdan boshlab yangi jamoam bilan yana g'alabalar sari olg'a intilamiz.
Men o'z o'yinimni yanada kuchaytirib borishim kerak. "Yuventus"da o'ynash uchun yanada shakllanish kerak. Bu borada nima qilishni bilaman. Hali futbolchi sifatida ko'proq o'sishim lozim.
Kimlardir turinliklar men uchun juda ko'p pul sarflashayotganini aytishmoqda. Turinda men o'zimning kuchli jihatlarimni namoyish etishga harakat qilaman.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar