Patris Evra "Yuventus"ga o'tishi mumkin
18 jan 2014 17:06
Yangiliklar


Patris Evra "Yuventus"ga o'tishi mumkin
Tuttosport tarqatgan malumotga qaraganda, "Manchester Yunayted" himoyachisi Patris Evra faoliyatini Turinning "Yuventus" jamoasida davom ettirishi mumkin ekan.
Manbada qayd etilishicha, turinliklar biryo'la ikki "mankunian"ni qo'lga kiritishmoqchi. Bular Nani va Evra. Nanining jamoadan ketishi haqida anchadan buyon gapirilmoqda. Lekin Evraning "MYU"ni tark etishi borasida hech qanday fikrlar bildirilmayotgan edi. Ammo franciyalik himoyachining manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi. "Yuventus" esa bu vaziyatdan foydalanib Evrani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Fikrlar