Patris Evra: "Vidichning jamoadan ketishi men uchun og'ir"
06 may 2014 21:20
Yangiliklar
Patris Evra: "Vidichning jamoadan ketishi men uchun og'ir"
"Manchester Yunayted" jamoasi himoyachisi Patris Evra jamoadoshi Nemanya Vidichning klubni tark etishidan afsusda ekanligini aytib o'tdi.
"Vidichdek futbolchini yo'qotish qiyin. U ajoyib markaziy himoyachi. SHunday futbolchilar jamoani tark etishlari afsuslanarli.
SHuningdek, u bilan bir otelda istiqomat qilib, mashg'ulotlarga birga qatnaganmiz. Keyinchalik esa, birgalikda sovrinlar qo'lga kiritganmiz. U bilan hayrlashish og'ir", - deydi Evra.
Eslatib o'tamiz, Vidich keyingi mavsumdan boshlab "Inter" sharafini himoya qiladi.
Fikrlar