Patris Evra: MYU Fergyusondan keyin nechta murabbiyni ishdan bo'shatdi?

5 okt 2020, 19:26
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra klub siyosatini tanqid qildi.

"Men bu mavsumdan hech narsa kutmayapman. Juda xafaman, shu jumladan, murabbiy uchun ham. endi hamma u haqida gapiradi, Sulsher navbatdagisi (ketadiganlarning) bo'ladi. Boshqaruv haqida nima deyish mumkin?

Fergyusondan keyin har yili nechta murabbiy ishdan bo'shatildi?

Har gal klub transferlar uchun noto'g'ri mablag' sarflashda davom etyapti. Shu to'g'ri echimmi?", – dedi Evra.

Ma'lumot uchun, Sulsher – Aleks Fergyuson ketganidan beri "Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan 5-murabbiy. Norvegiyalik mutaxassisga qadar klubni Devid Moyes, Rayan Giggz, Lui van Gal hamda Joze Mourinyu boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail