Pato: "Milan"ga qaytish? Yo'q demasdim"
06 apr 2020 20:13
Yangiliklar
Pato: "Milan"ga qaytish? Yo'q demasdim"
"San Paulo" hujumchisi Aleshandre Pato kelajakda Evropa futboliga qaytishni istamoqda.
"Evropaga qaytishni istayman, yana bir bor "Milan"da o'ynashga yo'q demasdim. Libertadores Kubogini yutib, keyinchalik u erga qaytishga roziman.
So'nggi bir necha yillarda "Milan"ni bunday holatda ko'rish, men uchun ham og'ir. Biroq klub harakat qilyapti, fanatlar ham ishonishlari kerak", - dedi Pato.
"Klub Maldiniga ishlash imkoniyatini berish kerak. U klubni o'z yuragi kabi asraydi va nima qilish kerakligini biladi. SHuningdek, klub Ibragimovichni saqlab qolishi kerak. U yosh futbolchilarni tarbiyalay oladi va raqib darvozasi oldida havfli vaziyatlar yaratishni yaxshi ko'radi", - deb qo'shimcha qiladi u.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar