Pastore Neymarga nimani sovg'a qilmoqchi
03 avg 2017 16:04
Yangiliklar
Pastore Neymarga nimani sovg'a qilmoqchi
PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastore o'ziga tegishli bo'lgan 10-raqamni Neymarga taklif qildi.
Braziliyalik futbolchi 222 million evro evaziga Parij klubiga o'tish arafasida turibdi.
Neymar terma jamoada aynan 10-raqamda o'ynaydi. Pastore Neymar o'zini yanada qulay his qilishi uchun unga o'zining 10-raqamini bo'shatib berishga tayyorligini aytdi.
"Men Neymarga o'zimning 10-raqamli futbolkamni taklif qilaman. U birinchi kundanoq o'zini qulay his qilishini va mamnun bo'lishini xohlayman.
Birgalikda CHempionlar ligasini yutish uchun uni imkon qadar qo'llab-quvvatlayman", - degan Pastore.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar