Parrott Irlandiya terma jamoasining noyob o'yinchisiga aylandi
17 noy 2025 14:08
Yangiliklar
Parrott Irlandiya terma jamoasining noyob o'yinchisiga aylandi
"AZ Alkmaar" hujumchisi Troy Parrott Irlandiya terma jamoasi tarixida qoladigan bo'ldi.
Hujumchi JCH-2026 saralash bosqichining so'nggi o'yinida Vengriyaga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. Bu orqali u safarda xet-trikka erishgan Irlandiya termasi tarixidagi birinchi o'yinchiga aylandi.
Bundan tashqari, Parrott — Jimmi Dann (1936), Robbi Kin (2013) va Kallum Robinson (2021)dan keyin ketma-ket ikkita o'yinda ikkitadan ortiq gol urgan Irlandiyaning to'rtinchi futbolchisi.
Hujumchi hafta o'rtasida Portugaliya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda ikkita to'p kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar