"Parma" Buffonni ortga qaytarmoqchi
29 may 2021 10:38
Yangiliklar
"Parma" Buffonni ortga qaytarmoqchi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "Parma" o'yinchisiga aylanishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, klub jamoa tarkibida 1995-2001 yillarda harakat qilgan 43 yoshli italiyalik futbolchini qaytarmoqchi.
Oldinroq malum bo'lganidek, Buffon turinliklar safini 2020/21 yilgi mavsumdan so'ng tark etadi. Uning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi iyun oyi so'nggida yakuniga etadi.
Buffon o'tgan mavsum "keksa sinora" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar