So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  32

Parij-2024. Raqib futbol jamoasi mashg'ulot maydoniga dron uchirgan mamlakat xodimlari turnirdan chetlatildi Yangiliklar

Parij-2024. Raqib futbol jamoasi mashg'ulot maydoniga dron uchirgan mamlakat xodimlari turnirdan chetlatildi

Keyinchalik bu ishni amalga oshirgan jamoa murabbiyi uzr so'radi va bo'lajak o'yinda ishtirok etmasligini aytdi.

Kanada ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Beverli Pristman o'z jamoasining Yangi Zelandiyaga qarshi Olimpiada o'yinlarining dastlabki turida ishtirok etmaydi, chunki uning yordamchisi Jasmin Mander va "akkreditaciyadan o'tmagan tahlilchi" Jozef Lombardi raqib jamoa mashg'ulot o'tkazayotgan maydon ustidan dron uchirganlikda ayblanib, o'z mamlakatiga jo'natib yuborilgan.

Yangi Zelandiya olimpiya qo'mitasi voqea haqida policiya va Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga xabar yo'llagan. FIFA mazkur holat bo'yicha intizomiy choralar ko'rishini malum qildi.

Kanada Olimpiya qo'mitasi ikki nafar xodimni jamoadan chetlashtirish choralarini ko'rganini aytdi.

43 yoshli Lombardi dushanba kuni Sent-Eten shahridagi Yangi Zelandiya mashg'ulot maydoni ustida dron uchirgani uchun sakkiz oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Pristman o'z bayonotida payshanba kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda "ixtiyoriy ravishda ishtirok etmaslikka" qaror qilganini aytdi.

"Butun jamoamiz nomidan, birinchi navbatda, Yangi Zelandiya futbolchilari va xodimlaridan hamda Kanada jamoasi o'yinchilaridan uzr so'rayman. Bu bizning jamoamiz tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan qadriyatlarni aks ettirmaydi", dedi Pristman.

Eslatib o'tamiz, "A" guruhidan o'rin olgan Kanada — Yangi Zelandiya uchrashuvi soat 20:00 da boshlandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика