Parexo Nagelsmanni hurmatsizlikda aybladi: "Bazida osmonga qarab tupursangiz, bu yuzingizga qarab tushishi mumkin"
13 apr 2022 10:50
Yangiliklar
Parexo Nagelsmanni hurmatsizlikda aybladi: "Bazida osmonga qarab tupursangiz, bu yuzingizga qarab tushishi mumkin"
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Daniel Parexo CHempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqandan so'ng "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanni ispan klubini hurmat qilmaganlikda aybladi.
"Sariq suv osti kemasi" 1/4 final javob o'yinida myunxenliklar bilan durang o'ynadi - 1:1. "Vilyarreal" ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Qura tashlash marosimida "Bavariya"ga "Vilyarreal" tushdi va men tanimaydigan ularning murabbiyi nafaqat klubimizga hurmatsizlik qildi, balki u qarama-qarshilik taqdirini ilk bahsdayoq hal qilishni xohlashini aytdi. Bu hurmatsizlik bo'ldi. Bazida osmonga qarab tupursangiz, bu yuzingizga qarab tushishi mumkin", - deydi Parexo.
"Vilyarreal" final uchun "Liverpul" - "Benfika" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Fikrlar