Paredes: "Hech qachon Messini bunchalik baxtli ko'rmaganman"
16 iyu 2021 19:24
Yangiliklar
Paredes: "Hech qachon Messini bunchalik baxtli ko'rmaganman"
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes jamoaning Amerika kubogidagi g'alabasi haqida gapirdi.
"Nafaqat biz, balki 45 million Argentina aholisi Leoning terma jamoada sovrin yutishini xohladi. U bilan birgalikda bu muvaffaqiyatdan zavqlanish ajoyib edi.
Men shu 45 kun ichida Messini bundan baxtliroq ko'rmaganman. U biz bilan bo'lishdan mamnun edi. Biz uchun maroqli sayohat bo'ldi. Amerika kubogi bizning qo'limizda, bunga aql bovar qilmaydi. Haqiqatga aylangan orzu", — dedi Paredes.
Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi finalida Argentina terma jamoasi Braziliyani mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Fikrlar