Paratichi "Yuventus" hujumchisining "Kalyari"ga o'tayotganini tasdiqladi
23 jan 2020 16:31
Yangiliklar
Paratichi "Yuventus" hujumchisining "Kalyari"ga o'tayotganini tasdiqladi
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi jamoa hujumchisi Marko Pyacaning tez orada "Kalyari" o'yinchisiga aylanishini tasdiqladi.
"Biz "Kalyari" bilan kelishuvga erishishga yaqinmiz. Biz u etarli o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan klub safida o'tayotganidan mamnunmiz.
Bu 18 oylik ijara bo'ladi. Bitimda shuningdek futbolchini sotib olish huquqi ham kiritilgan", - deydi boshqaruvchi.
Pyaca "keksa sinora" tarkibiga 2016 yilda Zagrebning "Dinamo" klubidan 23 million evro evaziga o'tgan edi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada umuman maydonga tushmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar