Paragvay klubi penaltidan gol ura olmagan futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
24 apr 2019 13:38
Yangiliklar


Paragvay klubi penaltidan gol ura olmagan futbolchi bilan shartnomani bekor qildi
Paragvayning "Independente Kampo-Grande" klubi futbolchisi Brendeks Parra Kolumbiyaning "La Ekidad" jamoasiga qarshi Janubiy Amerika Kubogi bahsidan (3:4) so'ng o'z jamoasini tark etdi.
"Independente Kampo-Grande" rahbariyati penaltini yomon ijro etgani uchun Parra bilan xayrlashishga qaror qildi.
Penaltilar seriyasida Parra "panenka" uslida zarba berishga urindi, ammo posbon uni qiyinchiliksiz qaytardi. Natijada jamoa turnirning keyingi bosqichiga o'ta olmadi.
TAS-IX
"Direktorlar kengashi penaltini bunday ijro etgani uchun futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi" - deydi "Independente Kampo-Grande" prezidenti Eriberto Gammaru.

Fikrlar