Payshanba - muxlis minbari. O'zbek o'g'li Ravshan eng oliy hakam
16 jan 2014 15:57
Yangiliklar


Payshanba - muxlis minbari. O'zbek o'g'li Ravshan eng oliy hakam
Muxlis minbari uchun Hamidjon Tohirjonov tomonidan bitilgan sherni taqdim etamiz.
O'zbekistonlik Xalqaro toifadagi futbol hakami Ravshan Ermatovga BAG'ISHLOV
Dunyo futboli ham berganidan tan,
Malayziyadagi yillik anjuman,
Osiy futbolin ayonlari jam,
Etirof etildi to'rt karra bor ham,
Yuksakka ko'tardi nishonin mahkam,
O'zbek o'g'li Ravshan Eng oliy hakam.
Adolat, jasorat unda mujassam.
Mahorat va g'ayrat unda jamuljam,
Maydonda olqishlar futbol fanat ham,
Ravshandir Qitada eng odil hakam.
Unda Manguberdi jasorati bor,
Amir Temur bobom qatiyligi bor,
Ulug'bek bobomning o'tkir ko'zi-yu,
O'zbegim samimiy xulq odobi bor.
Unda allomalar donoligi bor,
Yuzidan nur yog'ar siymoligi bor,
Xalqimning purmano hikmatlari-yu,
Mard o'g'lon, madadkor, oshnoligi bor.
Jam etmish O'zbekgim hislatlarin ko'p,
Samimiy, rostgo'ylik salobatin xo'p,
Halol, pok mehnatin, sahiyligiyu,
Qalb qo'rin niyati, yaxshiligi to'p.
Qancha tarif etsak bo'lmas adog'i,
Xalqimning quvonchi, o'chmas charog'i,
Hakamlik ijrosin dunyo tan oldi,
Muxlislar olqishlar, bitmas ardog'i.
Xalqimning niyatin ijro etdi u,
Yuz yillar orzusin ado etdi u,
Baxt qushi boshiga qo'nmog'i aniq,
Yurtboshim duosin bajo etdi u.
Adolat, salobat unda mujassam,
Mahorat, jasorat unda jamuljam,
Hakamni olqishlar futbol maydoni,
O'zbek o'g'li Ravshan Eng oliy hakam.
Hamidjon Tohirjonov.
Dunyo futboli ham berganidan tan,
Malayziyadagi yillik anjuman,
Osiy futbolin ayonlari jam,
Etirof etildi to'rt karra bor ham,
Yuksakka ko'tardi nishonin mahkam,
O'zbek o'g'li Ravshan Eng oliy hakam.
Adolat, jasorat unda mujassam.
Mahorat va g'ayrat unda jamuljam,
Maydonda olqishlar futbol fanat ham,
Ravshandir Qitada eng odil hakam.
Unda Manguberdi jasorati bor,
Amir Temur bobom qatiyligi bor,
Ulug'bek bobomning o'tkir ko'zi-yu,
O'zbegim samimiy xulq odobi bor.
Unda allomalar donoligi bor,
Yuzidan nur yog'ar siymoligi bor,
Xalqimning purmano hikmatlari-yu,
Mard o'g'lon, madadkor, oshnoligi bor.
Jam etmish O'zbekgim hislatlarin ko'p,
Samimiy, rostgo'ylik salobatin xo'p,
Halol, pok mehnatin, sahiyligiyu,
Qalb qo'rin niyati, yaxshiligi to'p.
Qancha tarif etsak bo'lmas adog'i,
Xalqimning quvonchi, o'chmas charog'i,
Hakamlik ijrosin dunyo tan oldi,
Muxlislar olqishlar, bitmas ardog'i.
Xalqimning niyatin ijro etdi u,
Yuz yillar orzusin ado etdi u,
Baxt qushi boshiga qo'nmog'i aniq,
Yurtboshim duosin bajo etdi u.
Adolat, salobat unda mujassam,
Mahorat, jasorat unda jamuljam,
Hakamni olqishlar futbol maydoni,
O'zbek o'g'li Ravshan Eng oliy hakam.
Hamidjon Tohirjonov.

Fikrlar