So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  9 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  3 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

O'zPFLga murojaat. Mukammal hujjatlar asosida ishlaydigan qusursiz tizim yaratilsin! Yangiliklar

O'zPFLga murojaat. Mukammal hujjatlar asosida ishlaydigan qusursiz tizim yaratilsin!

Etibor qilganmisiz, futbol masalasida o'ta pozitiv insonlarmiz.

O'z navbatida, futbolchilar, murabbiylar, sport ahliga nisbatan haddan tashqari shafqatsiz ham. Mamlakatimiz talim, medicina, robototexnika yoki IT sohasi bo'yicha jahonda eng kuchli 32 talik tugul, Osiyoda ham etakchilar qatoriga kirolmasa, fojia yasamaymiz. Lekin jamiyatdagi ahvol nuqtai nazaridan qaraganda o'z bo'yidan 1 emas, 2 bosh baland sakragan milliy terma jamoamizning mundialga chiqolmagani biz uchun fiasko sanaladi. Uyalmay (alamdan) futbol kishilarining shaxsiyati borasida koncertlarda "emagan" hazillar qilishgacha ham bora olamiz.

Keling, vaziyatga real baho beraylik. Kino, qiziqchilik, tibbiyot yoki sizning (hurmatli o'quvchi, qaysi yo'nalishda faoliyat yuritasiz?) sohangiz reyting bo'yicha futboldan yuqori ekaniga ishonasizmi?! 

Agar davlatlarning mustaqillikka erishish, shakllanish va rivojlanish yo'liga etibor qaratsak, futbolimiz tojik yoki turkman futboliga yaqin darajada bo'lishi kerak emasmidi? Ishoning, biz turkman yoki tojik futboli muxlislaridan juda ham omadlimiz. Buning sababi ortda qolgan yillar mobaynida futbol rahbarlari tomonidan rivojlanishning mo'jizaviy yo'li ishlab chiqilgani, barcha halol o'ynagani yoki Toshkentda "Bunyodkor" stadionining qurilgani emas, xalqimizning futbolsevarroq ekani va iqtidorlarning ko'proqligidir.

Yutuqlarni inkor qilolmagan holda aytamizki, o'tgan davr mobaynida futbolning boshqaruv tizimida ham qator xatolarga yo'l qo'yildi. Albatta, ish bor joyda xato bo'ladi. Lekin biz orzu qilamiz: futboldagi tizim ham Germaniya yoki Yaponiyadagi singari bo'lsa; shaxslar kelib-ketib tursa-yu tizim o'z yo'lidan og'ishmay davom etaversa; futbolning kelajagi bir kishining irodasiga bog'liq bo'lmasa... Albatta, buning uchun mukammal tizim yo'lga qo'yilishi talab qilinadi.

Oldingi yillar mobaynida qabul qilingan barcha to'g'ri, noto'g'ri qarorlar o'z yo'liga. O'zPFLning bugungi rahbariyatidan o'sha mukammal tizimni ishlab chiqib, amalga tadbiq etishni so'raymiz. Avvalo, tashkilot reglamenti va ustavi mukammallashtirilsa, ularda mavjud bo'lgan noaniqliklar bartaraf qilinsa, qanchalar yaxshi ish bo'lardi. Misol uchun, qoidabuzarlik holatlari aniq qilib belgilab qo'yilsa, qoidalar buzilganda belgilanadigan jazolar aniq va (qaysi jamoa yoki shaxsga nisbatan qo'llanilayotganiga qarab) o'zgarmas bo'lsa...

Deylik, tashkilotning amaldagi reglamentida shunday band bor:

"22.6 Futbol klubiga tegishli rasmiy sayt O'zPFL sayti giperhavolasida yangi mavsum startiga qadar joylashtirilishi lozim".

Ayni paytda esa O'zPFL saytida Termizning "Surxon" klubiga tegishli rasmiy saytga havola yo'q. CHunki klubga tegishli rasmiy saytning o'zi yo'q. Lekin reglamentda yuqoridagi band bor. To'g'ri, ushbu talab bajarilmasa, qoidabuzarni qanday jazo kutib turgani borasida malumotni uchratmaysiz, ammo talab bor va unda qaysidir klub bundan mustasno ekani to'g'risida gapirilmagan. Xo'sh, aytingchi, bu holatda reglament qoidasi buzilgan hisoblanadimi, yo'qmi?

Ushbu hujjatning 22.8 bandida shunday yozilgan: "Matbuot xizmati o'z saytida jamoaning har bir uchrashuvidan keyingi batafsil malumotni berib borishi shart".

Gap oxiriga etibor qaratsangiz, ushbu bandni bajarish hamma uchun SHART. Endi "Buxoro", "Andijon", "Surxon" (va h.k.) singari klublarning rasmiy saytiga kirishga urinib ko'ramiz. Afsus, buning imkoni yo'q. Demak, "O'ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL KLUBLARI UCHUN 2020 YILGI MUSOBAQALARNI O'TKAZISH REGLAMENTI"ning yana bir bandi buzilmoqda (bir nechta klub tomonidan).

Balki, yuqoridagilar sizning nazaringizda futbol sifatiga katta tasir o'tkazmaydigan kichik unsur bo'lishi mumkin. Lekin...

Birinchidan, matbuot xizmatlarining ayni zamon futbolida o'rni beqiyos. (Klublarimizning matbuot xizmatlari haqida soatlab gapirsa bo'ladi. Tez orada mazkur yo'nalishdagi kamchiliklar haqida yangi maqolani etiboringizga havola qilamiz)

Ikkinchidan, yuqoridagi bandlar bajarilmas ekan, reglamentga nima uchun kiritildi? Kiritilgan bo'lsa, nima uchun yillar davomida bajarilmadi?

Bu misollar eng kichik va ahamiyatsizlari bo'lsa kerak. Ammo bu muhimmas. Muhimi shundaki, yuqoridagi kabi kamchiliklar haqida kelasi yilning ayni paytida ham yozishga majbur bo'lmaylik. Buni hozircha yangi rahbariyatning aybi emas, deb turamiz (Aslida, tashkilot, klublar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi hujjatda qusurlar bo'lishi o'sha tashkilotlarda faoliyat yuritib kelgan har bir xodimning aybidir). Ularning hisobida mukammal hujjatlar asosida ishlaydigan mukammal tizimni yaratish uchun etarlicha vaqt bor. SHu orqali mamlakat futboli rivoji uchun eng ulkan va unutilmas qadamlardan biri qo'yilgan bo'ladi. Umid qilamizki, ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishadi. Aks holda, ularning o'rniga kelganlardan ham shuni so'rashga majbur bo'lamiz. Bundan esa faqat futbol yutqazadi.

Takidlash lozimki, pandemiya davrida, bizning sharoitimizda futbol musobaqalarini o'tkazish kishidan katta matonat va iroda talab qiladi. SHu qiyin vazifani uddalab turgan mutasaddilarning barchasiga ijodiy jamoamiz va mushtariylarimiz nomidan rahmat! 

Klublar, tizim yoki alohida shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bot-bot eslatib turishdan bitta maqsadimiz bor: ularni bartaraf etilishiga erishish. Barchamiz ko'zimizni yumib olsak, bu olamda hech qanday muammo qolmas edi. Lekin bizga qusurlardan xoli, chiroyli futbol kerak!

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика