So’nggi yangiliklar

07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13

O'zPFL vakillari Andijonda ochiq muloqot o'tkazishdi Yangiliklar

O'zPFL vakillari Andijonda ochiq muloqot o'tkazishdi

Teglar :  Andijon
Malumki, futbol eng avvalo muxlislar uchun o'ynaladi. Tan olish kerak, so'nggi yillarda mamlakatimizda millionlar o'yiniga bo'lgan etibor sezilarli darajada ortib bormoqda.

Sportning birinchi raqamli turiga aylanib borgan futbol Respublikamizda yanada rivoj topib bormoqda. SHu jumladan muxislik darajasi ham yuqori saviyaga chiqib borayotgani xech kimga sir emas. Ishqibozlarga yaxshi malumki, o'tgan haftada O'zPFL muxlislar bilan ishlovchi xodimlari vodiyga safar uyushtirib, super liga va pro-liga jamoalarining ishqibozlari bilan uchrashib, bir qator masalalar yuzasidan kengashib oldi.  

24 yanvar kuni O'FF vakillari “Andijon” ishqibozlar klubi azolari bilan uchrashdi.  

Tadbir ikki qismdan iborat bo'lib, dastlab “Andijon” futbol klubi qarorgohidagi, anjumanlari zalida ochiq muloqot o'tkazildi. Unda O'zPFLning muxlislar bilan ishlovchi xodimi Fazliddin Xojimuhammedov “Andijon” futbol klubi vice-prezidenti, bosh direktori Marufjon Abdisolomov, ishqibozlar klubi raisi Nodirbek To'ychiev hamda ko'plab ashaddiy muxlislar ishtirok etdi.  

 Ochiq muloqotning kirish qismida, O'zPFLning muxlislar bilan ishlovchi xodimi Fazliddin Xojimuhammedov so'z olib, jumladan shunday dedi:


 - Barchangizga yaxshi malumki, O'zbekiston futbol federaciyasida yangi rahbariyat ish boshlagach, mamlakatimizda million o'yini bo'lmish futbolni yanada rivojlantirish maqsadida bir qator yangi loyixalar va yangicha ish uslublari joriy qilinmoqda. Xususan O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan super liga va pro-ligalari tashkil etildi. Unda ishtirok etuvchi klublarning ishqibozlari bilan uchrashib, ochiq muloqot o'tkazgan xolda, taklif va muloxazalar borasida kengashib olmoqdamiz. SHu kungacha “Qo'qon-1912”, “Cementchi”, “Neftchi” va “Navbahor” ishqibozlar klubi azolari bilan ko'rishib, o'zaro suhbat o'tkazdik. Mana bugun Andijondamiz. Andijonlik muxlislarning o'yin paytida qay tariqa sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlashini juda ko'p eshitganmiz. Bazida o'zimiz bevosita guvoh bo'lganmiz. Umuman olganda vodiyda xalq futbolni juda yaxshi ko'radi. Maqsadimiz har bir viloyat ishqibozlarini birlashtirish va muxlislik madaniyatini yanada yuqori saviyaga olib chiqish ekanligini aytib o'tmoqchiman. 2018 yildan O'zPFL tomonidan muxlislarni stadionga qaytarish borasida bir qator etiborga molik o'zgarishlar qilinishi rejalashtirilgan. Xususan, ilgari uchrashuv boshlanish vaqti ko'pchilikning ish paytiga to'g'ri kelib qolgan. Bu yil ushbu omillarni inobatga olib, futbol federaciyamiz rahbariyati super liga va pro-liga o'yinlarining kechki vaqtda boshlanishini reglamentga kiritib o'tdi. O'ylaymanki ushbu qaror barcha ishqibozlarimiz uchun ayni muddao bo'ldi.  

- SHuningdek muxlislar uchun stadionda bir qator qulayliklar yaratilishi ham tasdiqlandi. Endi har bir stadionda o'yin kunlari egulik, salqin ichimliklari va klub atributkalari savdo do'konlari ishlab turadi.  
- Ishqibozlardan talab qilinadigan eng muhim narsa shuki – uchrashuv paytida tartib intizomga amal qilinishi, o'z jamoasini qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlash, futbolchilar va hakamlar shaniga kurakda turmaydigan nomaqul so'zlarni ishlatmaslikdir. O'ylaymanki “Andijon”ning ashaddiy muxlislari bu borada ham mamlakatimizda etakchilardan bo'la oladi. SHu kungacha hech kimga bir nimani vada qilmaganman. Vada qilib, uddasidan chiqa olmagandan, yaxshisi vada qilmasdan beminnat yordam bergan afzal deb bilaman. Imkon qadar bu yil barcha viloyat muxlislariga bir xilda munosabatda bo'lib, ularga har tomonlama yordam ko'rsatishga xarakat qilamiz. SHuni ham alohida takidlab o'tishni istardimk, bu yil Pro-ligada ishtirok etishi kutilayotgan “Andijon” jamoasi o'z ishqibozlarini g'alabalar bilan xursand qilib, kelasi yil super ligada ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritishini tilakdoshiman. Bunday muxlislarning sevimli jamoasi albatta super ligada ishtirok etish kerak.    

 SHundan so'ng “Andijon” klubi vice-prezidenti Marufjon Abdisolomov ham so'z olib, quyidagilarni takidladi.  
- Xurmatli futbol ishqibozlari o'zingizga yaxshi malumki, so'nggi paytlarda mamlakatimizda sportning futbol turini rivojlantirish bo'yicha yangi loyixalar ishlab chiqilmoqda. Buning natijasida joylarda o'ziga yarasha o'sish bo'layotganini kuzatish mumkin. Albatta O'zbekiston futbol federaciyasi rahbariyati tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy talablar kelgusida ham o'z samarasini berib boradi degan umiddamiz. Adashmasam, 2006 yildan buyon “Andijon”da ishqibozlar klubi etakchisi rasmiy ravishda faoliyat olib boradi. Har yili ishqibozlar klubiga azo bo'lganlarning ro'yxati tuzib chiqilib, ularni o'yinga kirishga ruhsat beruvchi bepul chiptalar va turli xil atributkalar bilan taminlab boramiz. Rostini aytganda, Andijon xalqi futbolni juda sevadi. Afsuski omadsizliklar tufayli jamoamiz Pro-ligada ishtirok etmoqda. Lekin ishonamanki, bu vaqtinchalik xolat. Nasib qilsa bu yil jamoamizni yana kuchlilar safiga olib chiqish maqsadida astoydil ish olib borilmoqda. Muxlislarimizni bemalol ayta olamanki, mamlakatimizda etakchilardan biridir. Garchi o'tgan yili “Andijon” jamoamiz birinchi ligada ishtirok etgan bo'lsada, ishqibozlar tashrifi bo'yicha taqqoslash kerak bo'lsa, xatto ayrim oliy liga klublaridan yuqori o'rinda turdi. Tushunaman, ular sevimli jamoamizni super ligada ishtirok etishini juda-juda istamoqda. Biz eng avvalo Andijon xalqining kayfiyati uchun ishlaymiz. Muxlislarimizni xursand qilish uchun aniq ish rejasi asosida faoliyat olib bormoqdamiz. O'zPFLning yangi joriy etgan talabnomlari borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Iloji boricha stadionga kelgan tomoshabinlarga yanada qulayliklarni yaratib beramiz. Buning uchun chora tadbir ishlab chiqib, viloyatimiz hokimi, klub prezidentiga taqdim etganmiz. Fursatdan foydalanib, Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Abdurahmonovdan futbolimiz rivoji uchun qaratayotgan etiboridan minnatdormiz. “Sog'lom avlod” stadionimizda 2009-2010 yillari savdo do'konlarini tashkil etganmiz. Endi uni yanada rivojlantirish bo'yicha ham tegishli ishlar olib boriladi. SHuningdek xomiylarimiz tomonidan kelib tushadigan mablag' bilan cheklanib qolmasdan, klub o'z-o'zini moliyaviy tomondan taminlashi uchun ham hozirda bir qator marketing ishlarini olib bormoqdamiz.  

- Darvoqe, shuni ham aytib o'tishim kerakki, yaqinda bosh murabbiylikka boshqa mutaxassisni olib kelganmiz. Hozirda Eldor Sakaev bosh murabbiyligidagi “Andijon” jamoamiz Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda. Poytaxtda jamoamiz mashg'ulot o'tkazish bilan bir qatorda, super liga klublari bilan ham sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan. Umuman olganda chempionatga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish uchun jamoaga imkon qadar sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Albatta, bu yil tarkibda jiddiy islohotlar olib boriladi. SHu bois selekciya ishlari bo'yicha ham keng ko'lamda ishlar ketmoqda. SHu kungacha super ligada o'ynagan 7-8 nafar yangi o'yinchilar tarkibga kelib qo'shildi. Hozir ular bilan rasman shartnoma imzolamaganimiz sababli, nomlarini ommaga oshkor etmasdan turibmiz. Yaqin orada tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan rasmiy kelishuvga erishilib, bitim imzolanadi va shundan so'ng ommaviy axborot vositasi orqali ularni tanishtirib boramiz – deydi Marufjon Jamoldinovich.


 “Andijon” ishqibozlar klubi raisi Nodirbek To'yichev ham tabiiyki ochiq muloqot chog'ida so'z olib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.  
- O'zbekiston futbol federaciyasining rahbariyati tomonidan ishqibozlar bilan ishlash bo'yicha vakil sifatida  Fazliddin Xojimuhammedov rasman tasdiqlandi. Endilikda bu do'stimiz bilan hamkorlikda ish olib borib, muxlislik darajasini yanada ko'tarib boramiz degan umiddaman. Fazliddin har bir klub ishqibozlari bilan ishlab, O'zbekiston milliy terma jamoalarining o'yinlarida yuqori saviyada ishqibozlik qilish tarafdori ekanligini o'zaro suhbat jarayonida aytib o'tdi. SHuningdek ishqibozlar klubi etakchisi hammani bir maqsad yo'lida jipslashtirishni ham maqsad qilgan. Bu yo'lda biz “Andijon” ishqibozlari ham albatta qo'ldan kelganicha yordam beramiz. Bu yil ham ishqibozlar klubiga azo bo'lishni xohlovchi muxlislarni xujjatlashtirib, ro'yxatini tuzib chiqamiz. Ulardan pasport kopiya, 3x4 hajmdagi 2 dona fotosurati, yashash joyidan malumotnoma talab etiladi. Ishqibozlar klubiga azo bo'lganlar har bir o'yinga bepul chipta va futbolka bilan taminlanadi. Ular bilan o'yin chog'ida, tartib-intizomga qatiy amal qilish, maydonga turli xil narsarlarni uloqtirmaslik va yuqori saviyada muxlislik qilish bo'yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Kelasi yil nasib qilsa super ligada ishtirok etsak, jamoamiz rahbariyati tomonidan ishqibozlar klubiga ham qulayliklar yanada kuchaytiriladi. Hozirda ashaddiy muxlislar uchun jamoamiz ramzi tushirilgan futbolkalarga buyurtma berganmiz. Yaqinda muxlislar klubi azolari yig'ilib, yangi g'oyalar bo'yicha kengashib oldik. CHempionat boshlansa bir qator yangiliklarga qo'l urish arafasidamiz. “Andijon”ga yangi mavsumda omad tilaymiz.  


SHuningdek tadbirga tashrif buyurgan  yana bir qator muxlislar o'zlarini qiziqtirgan savollar va ayrim takliflar yuzasidan murojaat qildi.  
Tadbirning ikkinchi qismi “Andijon” jamoasining uy stadioni bo'lmish “Sog'lom avlod” o'yinohida kechdi. U erda ishqibozlar klubi azolari bir qator chiqishlari bilan O'FF vakillariga Andijonda muxlislik saviyasi yuqori darajada ekanligini ko'rsatib berdi.  

 SHu tariqa tadbir ko'tarinki ruhda yakunlandi. Toshkentdan tashrif buyurgan mehmonlarga xurmat va extirom ko'rsatilgan xolda, manziliga kuzatib qo'yildi.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика