O'zPFL "Sport TV" bilan hamkorlikda futzal bahslari jonli translyaciyasini yo'lga qo'ydi
03 iyu 2020 10:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578521_original.jpg)
![](/upload/storage/578521_220.jpg)
O'zPFL "Sport TV" bilan hamkorlikda futzal bahslari jonli translyaciyasini yo'lga qo'ydi
Xabaringiz bor, 1 iyul kunidan futzal bo'yicha XXIV O'zbekiston chempionati – Oliy liga 2-tur uchrashuvlari start oldi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi "Sport" telekanali bilan yana bir loyihaga qo'l urdi. Endilikda futzal muxlislari O'zbekiston chempionati bellashuvlarini ham jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga egalar.
Unga ko'ra, 2-turning qolgan barcha uchrashuvlari mazkur telekanal orqali to'liq formatda, jonli efirda namoyishi yo'lga qo'yiladi. O'zPFL "Sport" telekanaliga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.
Quyida bugungi o'yinlar anonsi bilan tanishing:
11:00 LOKOMOTIV - BUXORO
14:00 PAXTAKOR - XUAXIN JIZZAX
17:00 METALLURG - STROITEL ZARAFSHON
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar