So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

O'zPFL saratonga chalingan bolalarni qo'llab-quvvatlash akciyasini boshladi Yangiliklar

O'zPFL saratonga chalingan bolalarni qo'llab-quvvatlash akciyasini boshladi

Bolalarni himoya qilish xalqaro kuniga bir oy vaqt qoldi.

 O'zPFL bolalarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida futbol akademiyalari uchun bo'lgan talabni kuchaytirgandi. Endi biz sog'lom hayot tarzi uchun kurashayotgan bolalarni qo'llab-quvvatlash akciyasini boshlaymiz.

Unga ko'ra, Superliganing 9 va 10-tur bellashuvlarida jamoalar mazkur akciya doirasida qator tadbirlarda ishtirok etadi. Saratonni engib o'tish kabi mashaqqat bilan kurashayotgan jajji qalblarni futbol muxlislari ham qo'llab-quvvatlashlari mumkin. Yuqoridagi turlar davomida har bir stadionga xayriya qutilari o'rnatiladi. Ularda yig'ilgan mablag'lar esa o'sha hududdagi onkologiya markazlariga o'tkazib beriladi.



O'zPFL mazkur akciyaning birinchi bosqichini boshlab berdi. Bugun tashkilot xodimlari mamlakatning eng tajribali hakami Ravshan Ermatov bilan Respublika onkologiya ilmiy markazining bolalar bo'limiga tashrif buyurdi. Ko'zni quvnatadigan darajada shirin bolajonlarga turli sovg'alar, futbol liboslari, to'plar ulashildi. SHuningdek, markazga moddiy yordam ko'rsatildi.



O'zPFL ishchi guruhi saratonga qarshi kurash olib borayotgan bolalarning yorqin va sog'lom kelajaklariga ishonadi. Ular har birimizning farzandlarimiz kabi baxtli yashashga haqlidirlar. Yuqoridagi akciyada ishtirok etish istagida bo'lgan muxlislarimiz stadionlarga tashrif buyurib, bolalarga yumshoq o'yinchoqlar yoki imkon darajasida moddiy yordam ko'rsatishlari mumkin. SHuningdek, mazkur akciya doirasida Superliga klublari hamda ularda to'p surayotgan futbolchilar ham o'rnak ko'rsatishlaridan umidvormiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика