So’nggi yangiliklar

11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  1 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  4 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  2 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  1 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  8 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  5 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  3 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  4

O'zPFL komissiyasi Ig G testlarini o'tkazishda davom etmoqda Yangiliklar

O'zPFL komissiyasi Ig G testlarini o'tkazishda davom etmoqda

Xabaringiz bor, O'zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o'tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro'yxat bo'yicha tekshiruvdan o'tkazmoqda.

Komissiya azolari dam olish kunlarida “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalarining 25 nafardan futbolchisini Ig G testidan o'tkazgan edi. Kecha va bugun “Buxoro” yoshlar tarkibining 17 nafar azosi ham mazkur testni topshirdi. Unga ko'ra, buxoroliklarning yana 9 nafari virusni allaqachon o'z tanasidan o'tkazib bo'lgani malum bo'ldi. SHu tariqa “Buxoro” safida allaqachon antitanachalar shakllangan futbolchilar soni – 20 nafarni tashkil etmoqda.

Komissiya Ig G testi natijasi musbat chiqqan futbolchilarning barchasini funkcional holatini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o'tkazib bormoqda. Ayni vaqtda bunday o'yinchilarda futbol uchrashuvlarini davom ettirish bilan bog'liq muammolar uchraganicha yo'q.

Bugun, shuningdek, AGMK, “Qo'qon-1912” hamda “Nasaf” klublari vakillari Ig G testidan o'tkazilmoqda. Hozirga qadar AGMK yoshlar tarkibining 25 nafari test topshirib bo'ldi. Ularning 10 nafarida natijalar musbat chiqdi. Endilikda ular funkcional holatini aniqlash bo'yicha ko'rikdan ham o'tishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика