So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумга узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  47 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  49 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

O'zPFL Jahon Professional futbol ligalari associaciyasi azosiga aylandi Yangiliklar

O'zPFL Jahon Professional futbol ligalari associaciyasi azosiga aylandi

Teglar :  O'zPFL
O'zbekiston Professional futbol ligasi dunyodagi eng etakchi futbol ligalarini o'zida birlashtirgan Jahon Professional futbol ligalari associaciyasining to'laqonli azosiga aylandi.

World Association of Professional Football Leagues (WLF) dunyo bo'ylab 44 ta eng etakchi ligani o'zida birlashtirgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. 2015 yilning 1 dekabr kuni 23ta liga Parijda o'zaro hamfikrlik deklaraciyasini imzolagach, associaciya tuzish uchun birinchi qadam qo'yildi. 2016 yilning 1 may kuni Cyurixda mazkur tashkilotga rasman asos solindi.

Associaciya futbol ligalari manfaatlarini himoya qiladi. U xalqaro musobaqalar taqvimini tuzishda FIFA va qitalar konfederaciyalariga o'z azolari manfaatidan kelib chiqib, tavsiya va takliflar kiritib keladi. SHuningdek, turli yo'nalishlardaIFAB, FIFPro kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. 

Tashkilot boshqaruv kengashi Angliya Premer-ligasi rahbari Richard Masters, Meksika futbol ligasi rahbari Enrike Bonilla hamda MLS (AQSH) rahbari Don Garber kabilardan iborat. O'zPFL hamda WLF o'rtasidagi aloqalar o'tgan yilning iyul oyidan boshlangandi. SHu davr ichida associaciya O'zPFL bilan bog'liq musobaqalar, normativ hujjatlar va boshqa materiallarni batafsil o'rganib chiqdi. Yakunda associaciya bosh kotibi Jerom Perlemuter O'zPFLni 45-azo sifatida tashkilotga qabul qilishga tayyor ekanligini malum qildi.

“Jahon ligalari forumida O'zbekiston Professional futbol ligasini ko'rishdan va uning yangi azomizga aylanganidan behad mamnunmiz. Biz hamkorlikda O'zbekiston futboli imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdan xursandmiz”, — deb fikr bildirdi Jerom Perlemuter.

Jerom Perlemuter hamda O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev 2022-yilning 17-19-oktyabr kunlari Dubay shahrida WLF tomonidan o'tkazilgan “Jahon futbol ligalari forumi”da uchrashib, fikr almashgandi. Uning doirasida WLF Osiyoning etakchi ligalari uchun ham alohida yig'ilish tashkil etdi. Unda Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, O'zbekiston, Qatar, BAA, Malayziya hamda Hindiston ligalari ishtirok etib, ligalarni qiynab kelayotgan qator masalalar yuzasidan fikr almashgandi.

Malumot uchun, WLF o'zida UEFAning Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Belgiya, Portugaliya, Ukraina, OFKning Avstraliya, BAA, Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Janubiy Koreya, Tailand kabi mamlakatlarini birlashtirgan. Azolarning to'liq ro'yxati bilan mana shu havola orqali tanishib olish imkoniyati mavjud. Endi ular orasida O'zbekiston ham bor.

Reyting: +3   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика