So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  6 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

O'zingni ham, muxlislarni ham qiynama, Gattuzo! Yangiliklar

O'zingni ham, muxlislarni ham qiynama, Gattuzo!

Teglar :  Milan
Biz sevgan "Milan" endi qaytmaydimi?

Jamoa yana nochor axvolda. "Milan"da yuz bergan vaziyat, shunchaki yangi yilga sovg'a bo'lgan ekan: yorqin, lekin uncha uzoqqa cho'zilmaydigan... Xuddi park attrakcionlariga beriladigan chipta kabi bo'ldi. "Amerikanskie gorki" va boshqa ko'ngilochar attrakcionlar olam-olam taassurot va ijobiy hissiyotlar hadya etib, istirohat bog'i tashqarisidagi muammolar, sovuq qish, zulmatni unutish imkonini beradi. Ikki oy davomida "Milan" A Seriyada ham, mamlakat Kubogida ham yutqazmadi. SHu ikki oy mobaynida Jennaro Gattuzo o'z ishidan mamnun holda faoliyat ko'rsatdi. Ammo bayram tugadi va "Milan" ustozi yana g'amgin nigohi bilan stadion chimiga qarab qoldi. Matbuot anjumanlarida esa jamoasining navbatdagi omadsizligini oqlash uchun zo'rg'a so'z topmoqda.

"Rossoneri" Italiya Kubogida "Napoli"ni ortda qoldirdi. "Inter" bilan derbidan oldin jurnalistlar Gattuzodan "Napoli" bilan ikkinchi o'rin uchun kurash haqida jiddiy so'rashgandi. Oradan bir yarim oy o'tdi. "Milan" esa neapolliklardan 14 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa CHempionlar Ligasi yo'llanmasini beruvchi zonadan chiqib ketdi. Bu ham etmaganidek, kuni kecha bo'lgan chempionat doirasi "Atalanta" raqibi "Udineze" ustidan g'alaba qozongani tufayli, milanliklar 7-pog'onaga tushib ketdi.

Yanvardagi transfer oynasidan klub maksimal tarzda foydalangandek tuyulgandi. Kshishtof Pentek bir oyda ettita gol urdi va polyak ketma-ket 5 uchrashuvda maydonni golsiz tark etmadi. Lukas Paketa Evropa futboliga ko'nikishi ham oson bo'ldi. Aql bilan sarflangan 70 million evro — ham kelajakka investiciya, ham darhol natija berayotgan edi. Hammasi aynan shunday boshlandi. Ammo yangi futbolchilar jamoadagi muammolarni vaqtincha yopa olishdi, xolos. Ularning faqat ikkisi "Milan"ni kuchli to'rtlikda olib qolishga kuchi etmaydi. Bundan tashqari, Pentekning samaradorligi ham tushib ketdi (oxirgi sakkiz uchrashuvda 2 gol), Paketa esa jarohat oldi va jismoniy tomonlama o'yinga hali to'liq tayyor emas.

Gattuzo omadsizliklarni oldindan ko'ra oldi. "Inter" bilan o'yindan oldin u shogirdlari yutqazib qo'yishidan ko'ra, mag'lubiyat oqibatidan qo'rqayotganini aytib o'tdi. Natija – 2:3. Derbidagi ushbu mag'lubiyat "Milan" uchun fojea bo'lgani yo'q, lekin ruhiy tomondan jamoa o'ziga kela olmadi. "Men futbolchilarning miyasiga kira olmayman", – deya bu vaziyatda o'zining ojizligini tan oldi Rino.

Omadli seriya davom etayotganda Gattuzo jamoa ichida atmosfera ajoyibligini aytib o'tgandi. KO'p o'tmay, Frank Kesse sherigi Lukas Bigliya bilan urushib ketay dedi, Temue Bakayoko "Lacio" bilan janjal kelib chiqishiga sabab bo'ldi, Alessandro Kostakurta esa "Sky Sport" telekanalida mehmon bo'ldi. Jennaro va Leonardoning munosabatlari haqida gap ochilganda, "Axir yangilik emas-ku?!", — deb kulib qo'ydi "Milan" sobiq himoyachisi. Klubning sport direktori va murabbiy o'rtasida hech qanday kelishmovchilik yo'qligi, barchasi ajoyibligini takidlashmoqda. Lekin odamlar ko'zi uchun o'ynalayotgan rol barchaning jig'iga tegmoqda. 

"Sampdoriya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Gattuzo kelajagi borasida qaror qabul qilingani haqida mish-mishlar tarqay boshladi. Jamoa CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, Jennaro ketadi. Lekin "Milan" o'sha yo'llanmani qo'lga kiritsa, u holda Rinoning o'zi jamoani tark etadi. Intervyularning birida Gattuzo shunga shama qilgandi: "Ikki oydan keyin men barcha o'ylaganlarimni aytaman, hozir esa bor etiborimizni maqsadga etish uchun qaratganmiz". Leonardo rasmiyatchilik uchun gapirgan ohangda — rahbariyat yangi murabbiy haqida o'ylamayotganini aytib o'tdi.

Undan so'ng, "Udineze" bilan durang, "Yuventus"dan mag'lubiyat, "Lacio" bilan o'yindagi savollarni ko'paytirgan g'alaba, "Parma" bilan durang va Kubok doirasida "Lacio"dan uchralgan mag'lubiyat. 18 yildan buyon ilk bor "Torino"ga yutqazib qo'yish — "desert" bo'ldi. Leonardo hakamlik, irqchilik va yana nimadirlarni gapirib o'tdi, ammo jamoa ichidagi muammolar haqida bir so'z demadi. "Biz Kubokni haqli ravishda tark etdik" — qisqa va lo'nda fikr! Aynan shu Gattuzoning "Milan"dagi sayohati yakuniga etayotganini ko'rsatmoqda.


"Milan"ning so'nggi uchrashuvlardagi natijalari

OAVda yangi ismlar har kuni chiqmoqda. Antonio Konte, Mauricio Sarri, Eusebio Di Franchesko, Maurisio Pochettino, Roberto De Dzerbi, Djan Pero Gasperini, Rudi Garsiya, Simone Indzagi. Yozda jamoani yangi murabbiy qo'lga oladi. Lekin ko'p narsa "Milan" bu mavsumni nechinchi o'rinda yakunlashiga bog'liq. Masalan, Konte javob berishga shoshilmayapti – mutaxassis "Roma"dan ham taklif olgan, rimliklar ham CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashda ishtirok etmoqda. "Rossoneri" kelajagi – Gattuzo va uning jamoasi qo'lida. 

"Milan" matematik jihatdan hali kuchli to'rtlikka kirishi mumkin. Biroq keyingi turda Sinisha Mixaylovichning "Bolonya"si bilan bahs kutib turibdi. Malumot uchun, "Bolonya" so'nggi sakkiz o'yinda maksimal 24 ochkodan 19 ochko qo'lga kiritdi. Undan keyin "Fiorentina"ga safar — Vinchenco Montella avvalroq uni "Milan"dan nohaq haydab yuborishganidan noliyotgandi. Sobiq murabbiy bu vaziyatda alamini olishni istashi tabiiy. Gattuzo ko'p bor u sehrgar emasligini aytgan. Tan olish kerak, Massimiliano Mirabelli uni Xosep Gvardiola va Mauricio Sarri bilan bir qatorga qo'ysada, murabbiy sifatidagi "yurishlari" bilan ham o'zini kuchli mutaxassis sifatida ko'rsata olmayapti hozircha.

Gattuzo – ajoyib motivator? Aldagani bola yaxshi! A Seriyada chinakam motivatorlar ham (Mixaylovich kelgach "Bolonya"ning o'yini o'zgarganiga qarang) va nisbatan oddiyroq tarkib bilan natija berayotgan murabbiylar ham ("Atalanta" va "Torino"ga qarang) etarli. "Milan" esa bazi o'yinlar va ulardagi bazi epizodlar bilan yorqin kelajakka umid bilan yashamoqda. "Roma" kuchli to'rtlikka kira olmaydigan vaziyatga tushib qolayotganda, jamoani ECHL yarim finaligacha olib borgan Eusebio Di Francheskoni haydashdan qo'rqmadi. "Milan" rahbariyati esa hech nima qilmasa ham barchasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonayotgandek ko'rsatmoqda o'zini. Ularga jurat etishmayapti. Lekin "Milan" jamoasi Primaverada 15 o'rinda borayotgan Federiko Junti bilan ham hozirgi natijalarini qayd eta olardi.

"Futbolchilar hattoki mashg'ulotlarda ham hech nima qila olmayapti", – dedi Gattuzo "Torino" bilan o'yindan so'ng.

Lekin... Jennaro baribir istefoga chiqmayapti va mahalliy OAV u mavsum so'nggigacha lavozimida qolishini yozmoqda. "Milan" prezidenti Paolo Skaroni CHempionlar Ligasiga chiqish bu mavsum rejasida bo'lmagani, klub byudjeti ham shunga qarab taqsimlanganini malum qildi. Deyarli butun mavsum to'rtlikda kelib, oxirida ECHL zonasidan chetga chiqib, bu etib bo'lmas cho'qqi edi, deyish qanchalar oson.

SHunday ekan, Rino, balki etar shuncha qiynalganing?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика