So’nggi yangiliklar

18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  1 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2

"O'zimni kinoda yashayotgandek his qilganman" - SHevchenko fojia haqida gapirdi Yangiliklar

"O'zimni kinoda yashayotgandek his qilganman" - SHevchenko fojia haqida gapirdi

Ukraina futbolining eng buyuk afsonalaridan biri bo'lgan Andrey SHevchenko bolalik yillarida boshidan o'tkazgan CHernobil fojiasining oqibatlari haqida gapirdi.

U ukrain futbolidan chiqib, zamonaviy futbolning eng kuchli hujumchilaridan biriga aylandi. Ayni paytda mamlakatning bosh jamoasida ishlayapti.

Futbol olamida bir qancha ulug'vor yutuqlarga erishgan afsona hamon Kievdagi do'stlari xotirasini unutmagan.

1986 yilda Ukraina hamon Sovet Ittifoqi tarkibida edi. CHernobil falokati SHevchenko yashaydigan hududdan 200 km narida sodir bo'lgan.

Andrey "Corriere Della Sera" nashriga bergan intervyusida fojianing o'ziga tasirini aytib berdi:

"10 yoshda edim, futbol o'ynashdan zavq olardim. Meni "Dinamo" (Kiev) akademiyasiga olib borishdi. So'ngra 4-reaktor portladi va hammamizni ko'chirishdi. Haliyam qalbimda og'riq his qilaman. SSSRdan avtobuslar keldi, 6-15 yoshdagi bolalarning barchasini olib ketdi. Uydan 1 500 km uzoqlikda xuddi filmda yashayotgandek edim.

Kievdan ko'plab do'stlarib bor edi. Ammo ular radiaciyadan emas, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki qurolli to'qnashuvlar tufayli vafot etishdi. SSSR devoridagi yoriqlar kattalashar, biz bilgan dunyo cho'kib borayotgan edi. Odamlar endi hech narsaga ishonmay qo'ygan edi. Ularning barchasi g'oyib bo'ldi. Meni faqat oilamning sevgisi va futbol qutqarib qoldi".

CHernobil AESida sodir bo'lgan tarixdagi eng yirik yadro halokatidan keyin 35 yil o'tdi, ammo fojianing oqibatlari bugungi kunda ham sezilmoqda. Portlash sodir bo'lgan 4-reaktor binosidan hamon radiaciya ajralishda davom etmoqda va 2065 yildagina yakunlanishini taxmin qilinyapti. 

Malumot uchun, o'sha fojiadan 2 mln 600 ming kishi jabr ko'rgani aytiladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика