O'zil va Kolashinacga pichoq bilan hujum qilishdi. Sead jinoyatchi bilan mushtlashib ketdi
26 iyu 2019 14:39
Yangiliklar
O'zil va Kolashinacga pichoq bilan hujum qilishdi. Sead jinoyatchi bilan mushtlashib ketdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil va uning jamoadoshi Sead Kolashinac Londonda o'g'rilarning qurolli hujumiga uchrashdi.
Futbolchilar "Mersedes"da Golders-Grin ko'chasidan o'tib ketishayotganida ularga skuterdagi pichoq bilan qurollangan guruh hujum qildi. O'zil mashinadan tushib, xodimlari tanish bo'lgan Likya restoranidan yordam chaqirish uchun yugurib ketdi. Kolashinac esa bu vaqt ichida hujum qilayotganlar bilan mushtlashdi. Voqea ko'chaga qaratilgan kuzatuv kameralaridan biriga yozilib qolgan.
TAS-IX
TAS-IX emas
Bir necha soniyadan so'ng Likya restorani xodimlari yordamga kelishdi va futbolchilarga jinoyatchilardan qutilishga ko'maklashishdi. O'zil va Kolashinac jarohat olmadi.
Fikrlar