Ozil jarohati bois qatorasiga beshinchi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi

6 dek 2018, 21:18
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut Ozil jarohatini davolash bilan band.

London Evening Standard nashri xabariga ko'ra, Ozil tizzasidan olgan jarohati bois qatorasiga beshinchi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Katta ehtimol bilan u keyngi bellashuvda zaxiradan joy olishi mumkin. Biroq hozircha u individual tarzda mashg'ulotlarni o'tkazmoqda.

“Arsenal” navbatdagi uchrashuvni 8 dekabr, shanba kuni “Xaddersfild”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: London Evening Standard