O'zil jamoadan ketadi. Unga faqatgina MYU xaridor, ammo...
14 jan 2019 13:23
Yangiliklar
O'zil jamoadan ketadi. Unga faqatgina MYU xaridor, ammo...
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Mesut O'zil qishdayoq jamoadan ketishini istamoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis yanvarda uning o'rniga boshqa futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish kerak, germaniyalik xavbek bu mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Oldinroq u bosh murabbiyi bilan kelisha olmayotgani borasida malumotlar berilgandi.
Bu mavsumda 30 yoshli O'zil "Arsenal" tarkibida 16 o'yinda qatnashdi va 4 gol urib, 3 golga assistentlik qildi. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
35 million evro atrofida baholanayotgan futbolchiga hozirda faqatgina "Manchester Yunayted" xaridor bo'lib turibdi. Biroq "kanonirlar" futbolchini principial raqibiga emas, boshqa davlat klubiga sotib yubormoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar