O'zil: "Arsenal" yutqazganda, har doim aybdor men bo'laman"
17 okt 2019 21:40
Yangiliklar
O'zil: "Arsenal" yutqazganda, har doim aybdor men bo'laman"
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil klubdagi tanqidlar haqida aytib berdi.
"Agar yaxshi o'yin namoyish eta olmasak, har doim aybdor men bo'laman. SHunday yomon natijalar men qatnashmagan o'yinda bo'lsa, buni qanday tushuntirish mumkin? Bu fikr mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Odamlar natijaga tasir ko'rsatishimga ishonib mendan ko'prog'ini kutishini bilaman. Buni men ham istayman, lekin ushbu ishni amalga oshirish oson emas. Jamoada faqat bir o'zim o'ynamayman, bazida raqib bizdan yaxshiroq bo'ladi", — deydi O'zil.
Fikrlar