O'zil “Arsenal” bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi
16 jan 2021 20:50
Yangiliklar


O'zil “Arsenal” bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi
“To'pchilar” xavbeki Mesut O'zilning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yozigacha edi.
The Athletic xabar berishicha, germaniyalik futbolchi tez orada “Arsenal” bilan kelishuvni muddatidan oldin bekor qiladi va erkin agent sifatida “Fenerbahche”ga o'tadi. Bitim bekor qilingani uchun esa Mesut 7 mln funt tovon puli olishi kutilmoqda.
O'zilning haftalik maoshi 350 ming funtni tashkil qiladi. U so'nggi bor 2020 yil martida APL doirasida o'tgan “Vest Xem”ga (1:0) qarshi uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar