Ozil Angliyada Janubiy Osiyolik futbolchilar uchun rivojlanish markazini bunyod etmoqchi
07 okt 2021 07:51
Yangiliklar
Ozil Angliyada Janubiy Osiyolik futbolchilar uchun rivojlanish markazini bunyod etmoqchi
"Fenerbaxche" yarim himoyachisi Mesut Ozil Angliyada Janubiy Osiyolik futbolchilarning rivojlantirishi uchun yaratiladigan maxsus markaz loyihasida ishtirok etadi.
Ozil ushbu markazni "Football for Peace" tashkiloti ko'magida rivojlantiradi.
"Men ularning maydonda va maydondan tashqarida rivojlanishlariga yordam bermoqchiman. Men ham etnik guruh tarkibiga kiraman va bunday muammolarni tushunaman.
Janubiy Osiyolik odamlar doim muxlis bo'lishi meni hayron qoldirib kelgan. Nima uchun ular orasida futbolchi yoki murabbiylarni, futbol bilan professional tarzda shug'ullanadiganlarni ko'rmaymiz?
Umid qilamanki, Mesut Ozil markazi "Football for Peace"ning bir qismi bo'ladi va ularga kerakli loyiha bo'ladi", - dedi Ozil.
Fikrlar