So’nggi yangiliklar

18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  0 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  7

O'zgarishlar vaqti: yanvarda klublarini tark etishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

O'zgarishlar vaqti: yanvarda klublarini tark etishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun)

Klubini o'zgartirishga yaqin bo'lgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Bir necha kundan so'ng qishki transfer oynasi ochiladi. Klublar bir oy davomida tarkibni kuchaytirish ustida ishlay olishadi. Ammo, bu turli sabablarga ko'ra vaziyatni o'zgartirmoqchi bo'lgan o'yinchilar uchun ham imkoniyat. Odatda yanvarda katta bitimlar amalga oshmaydi, ammo ayrim o'yinchilarga o'zgarish kerak.


Donni van de Bek ("Manchester Yunayted")

Van de Bekning MYUdagi butun davri katta muvaffaqiyatsizlikdir. Donni mankunianlar safiga 2020 yilda "Ayaks"dan 39 mln evro evaziga o'tgandi. U o'shanda beri "Yunayted" safida atigi 62ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchiga "Everton"dagi ijara ham yordam bermadi. 26 yoshli xavbek joriy mavsum Liga kubogida atigi 21 daqiqa va APLda bir daqiqa o'ynadi. Niderlandiyalik to'rtinchi mavsumdirki tublikka cho'kmoqda, shu sabab unga o'zgarishlar zarur. Mish-mishlarga ko'ra, van de Bek ijara asosida "Ayntraxt"ga o'tadi, ammo bu boradagi rasmiy malumot hali yo'q.


Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted")

Yanvarda klubni tark etish foizi yuqori bo'lgan yana bir MYU o'yinchisi. Mankunianlarning 2 yil oldin Sancho uchun 85 mln evro to'laganliklarini hisobga olsak mavsum o'rtasida u bilan oson xayrlashishlari qiyin masala. Ammo, ijara amalga oshishi mumkin. Jeydonning "Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan kelishmovchiligi bor. Vaziyat yaxshilanishiga belgilar ham yo'q. Futbolchining o'ynamay maosh olishi hech kimga foyda emas, shu sabab uning yanvardagi transferi haqiqatdan yiroq emas. SHuningdek, Sanchoni ijaraga olishga tayyor bo'lgan ko'plab klublar bor. Ammo, 23 yoshli vingerning maoshi juda yuqori, bu esa ehtimoliy davogarlarning ro'yxatini qisqartirishi mumkin.


Kelvin Fillips ("Manchester Siti")

Fillips "Manchester Siti" tarkibida trebl egasiga aylandi, shu sabab uning Xosep Gvardiola jamoasiga o'tishini muvaffaqiyatsiz deb atash qiyin. Ammo, o'yin daqiqalariga kelganda barchasi juda yomon. Kelvin "Etixad"da ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda va vaziyat o'zgarishsiz qolmoqda. U o'tgan mavsum maydonda o'rtacha 24 daqiqa, joriy mavsumda esa 22 daqiqa o'ynamoqda. Bundan tashqari, u joriy mavsum Premer-ligada atigi 4ta o'yinda maydonga tushdi. "Manchester Yunayted" Fillips uchun "Lids"ga deyarli 50 mln evro to'ladi, ammo futbolchi "Etixad"da chuqur zaxirada o'tiribdi. Nimanidir o'zgartirish payti kelgan. 28 yoshli xavbekning yanvarda "shaharliklar" safini tark etish ehtimoli yuqori. U bilan shartnoma imzolashga "Yuventus", "Nyukasl", "Everton" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda.


Ayven Touni ("Brentford")

Tounini bir necha oylardan beri Angliyaning top-klublari bilan faol tarzda bog'lashmoqda. Muloqotlar "Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frankning klub o'yinchini yanvarda sotishi mumkinligini tasdiqlaganidan so'ng kuchaydi. "Arsenal" va "CHelsi" 27 yoshli hujumchi uchun asosiy davogarlar hisoblanishadi. Touni mavsumning yarmini diskvalifikaciya sabab o'tkazib yubordi, ammo bu transfer mish-mishlariga to'sqinlik qilmaydi. U o'tgan mavsum APLda 20ta gol urdi va shu bilan katta klublarning diqqatini o'ziga qaratdi. Ammo, to'purar forvardni olish oson bo'lmaydi. "Asalarilar"ning o'yinchi uchun kattaroq narx qo'yishlariga shubha yo'q.


Timo Verner ("RB Leypcig")

Verner 2 mavsum davomida APLda atigi 10ta gol urgan holda "CHelsi"da yomon davrlarni o'tkazdi. Timo 2022 yilning yozida oldin Bundesligada 20tadan ortiq gollar urgan "RB Leypcig"ga qaytdi. Ammo, uning "Red Bull Arena"dagi faoliyati birinchisidek muvaffaqiyatli emas. 27 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Bundesligada 9ta, joriy mavsumda esa atigi 2ta to'p kiritdi. Vernerda samaradorlik ham, o'yin vaqtlari ham birdan tushib ketdi. Nemis o'yinchisini yana "Leypcig"dan ketish bilan bog'lashmoqda. "Buqalar" bosh murabbiyi Marko Roze o'yinchiga tanlov imkoniyatini taqdim etdi. Mish-mishlarga ko'ra, u bilan shartnoma imzolashga MYU va "Vest Xem" qiziqmoqda.


Oriol Romeu ("Barselona")

"Barselona" Romeu uchun o'tgan yozda "Jirona"ga 3,4 mln evro to'ladi. Avvaliga ushbu transfer shubhali ko'rindi, vaqt o'tishi bilan esa u tasdiqlanib bordi. Ispan Kataloniya klubida asosiy tarkib o'yinchisi sifatida boshladi, ammo sentyabr oyi oxiridan boshlab kam o'yin amaliyoti olmoqda. 32 yoshli xavbek "Almeriya"ga qarshi o'yinda 23 daqiqa o'ynadi, bunga qadar bo'lgan 3 o'yinni esa zaxirada o'tkazdi. "Ko'k-anorranglilar"ning Romeuga unchalik ham ishonch bildirishmayotgani oydinlashib bormoqda. Bundan tashqari, "Jirona" futbolchini o'z tarkibiga qaytarish xohishini bildirdi. Ha, atigi yarim mavsum o'tdi, ammo "Barselona" "oq-qizillar" bilan yana bitta bitim bo'yicha o'ylab ko'rishi kerak.


Doniell Malen ("Borussiya", Dortmund)

Dekabr oyi boshida Malenning "Borussiya"dan ketishni xohlayotgani haqidagi xabarlar paydo bo'la boshladi. Uning yanvarda ketishi istisno etilmadi. Mish-mishlarga ko'ra, 24 yoshli vinger APLga yo'l olishi mumkin, u bilan shartnoma imzolashga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Hattoki MYUning "arilar"ga Jeydon Sanchoni niderlandiyalikka almashtirishni taklif etgani xabar qilindi. Keyinchalik nemis klubi sport direktori Sebastyan Kyol "Borussiya" Sanchoning qaytishini ko'rib chiqmayotganini qayd etdi. Ammo, Malenning atrofidagi mish-mishlar tingani yo'q. Agar "arilar" yaxshi taklif olishsa o'yinchini qo'yib yuborishlari mumkin.


Karlos Soler (PSJ)

Francuz OAV PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening Solerga ishonch bildirmayotganini xabar qilishmoqda. Bu Karlosning o'yindagi daqiqalaridan ham sezilmoqda. 26 yoshli xavbek CHempionlar ligasi guruh bosqichida atigi 1 daqiqa o'ynadi. U Liga 1da o'yinda o'rtacha 34 daqiqa o'ynaydi va bu uning faoliyatidagi eng yomon ko'rsatkichdir. Ispanning yanvarda parijliklar safini tark etish ehtimoli bor. U bilan shartnoma imzolashga qiziqayotganlar orasida "Brayton", "Aston Villa" va bir necha ispan klublari, jumladan o'zining jonajon "Valensiya"si ham bor. PSJ so'nggi vaqtlar yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashga puxta yondashishga harakat qilmoqda, ammo Solerning transferi ikki tomon uchun ham muvaffaqiyatsiz chiqdi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика