So’nggi yangiliklar

09:14«Бу шармандалик». Почеттино «Челси» футболчилари ўртасидаги пенальти тепиш учун жанжаллашгани ҳақида гапирди  1 08:50Ўзбекистон ОТЖ сардори Осиё кубогига тайёргарлик ҳақида фикр билдирди  5 08:34Осиё кубоги U-23. Энг қиммат футболчилардан тузилган рамзий терма жамоа  4 08:30U-23 Осиё Кубоги. Австралия - Иордания 0:0   0 08:25U-23 Осиё Кубоги. Қатар - Индонезия 2:0   0 08:20Туркия чемпионати. "Аланяспор" - "Галатасарай" 0:4   0 08:15АПЛ. "Челси" - "Эвертон" 6:0   0 08:09Расман: Криштиану Роналду нечта ўйинга четлатилгани маълум  4 08:00Серия А. "Аталанта" - "Верона" 2:2   0 07:45ЕЧЛ. Чорак финал жавоб учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар маълум. «Ман Сити» — «Реал» баҳсини италиялик рефери бошқариб боради  6 07:22Ўзбекистон кубоги. Бугун 1-тур баҳсларига якун ясалади  1 02:00АПЛ. Палмер 4та гол урган учрашувда "Челси" "Эвертон"ни "топтаб" ташлади  18 01:50"Челси" футболчиси АПЛ тўпурарлар пойгасида Холандга етиб олди  3 01:45А Серия. "Аталанта" 2:0 ҳисобидаги ғалабани қўлдан чиқарди  2 01:20Марказий Осиё. Қозоғистон кубогида чорак финал иштирокчилари маълум бўлди; "Истиқлол" йирик, "Абдиш-Ата" ва "Аркадағ" ўта йирик ғалабага эришди  4

O'zbekona uslubdagi "Man Siti", tarixni yodga olgan "Liverpul"... APLning asosiy klublari liboslaridagi o'zgarishlar Yangiliklar

O'zbekona uslubdagi "Man Siti", tarixni yodga olgan "Liverpul"... APLning asosiy klublari liboslaridagi o'zgarishlar

Yangi mavsumda APLning bir necha klublarida texnik homiylar o'zgaradi. Xo'sh, 2020/21 yilgi mavsum Tumanli Albionda futbolchilar qanday liboslarda o'ynashi mumkin?

"Liverpul": "Nike"

"Liverpul"ning yangi mavsum uchun liboslari ilk ko'rinishlari paydo bo'lgandi. Albatta, Nike tomonidan ilk marta ushbu klubga forma tayyorlab berilmoqda. 1 iyun kunidan tomonlar o'rtasidagi shartnoma kuchga kirishi kerak edi, ammo mersisaydliklar "New Balance" liboslarida mavsumni yakunlab qo'yishini rasman malum qildi.

"Liverpul"ning asosiy libosi

"Liverpul"ning yangi uy o'yinlari uchun liboslari "Nayk" tomonidan doimgidek qizil rangda ishlab chiqarildi. Yoqa va manjetlarda oq-yashil yo'lakchalar o'tkazilgan.

Yangi liboslarda esa logolar taxminan shunday ko'rinishda bo'ladi.

"Liverpul"ning safar liboslari

Kutilganidek, yangi safar o'yinlari liboslari osmonrangda bo'lib, oldi qismida abstrakt grafikalari joylashtirilgan. Logotip va emblemalar qora rangda bo'lib, yoqa qism ham shu tarzda ishlangan.

Barchamiz sezganimizdek, "Nike" "Liverpul" uchun logotipdan ko'ra, "Liverbird" yani "Liverpul qushi" ramzini ishlatishda davom etadi. "Standard Chartered" logotipi ajralib turishi uchun esa yozuvga osmonrang ramka qo'shilgan.

"Liverpul"ning qo'shimcha libosi

"Liverpul"ning yangi 2020/21 yilgi mavsum uchun qo'shimcha libosi ilk rasmlari. Unda getralar qora-kulrang katak-kataklardan tashkil topgani ko'rsatilgan bo'lsa, logotip pushti rangda yozilgan.

"Nike" ishlab chiqargan uchinchi libos rangi quyida ko'rsatilgan. Unga ko'ra liboslar to'q kulrang rangda bo'lib, yozuvlar va logolar pushti rangda yoziladi. Bu esa yozuvlar yaqqol ko'rinib turishi uchun xizmat qiladi.

Bunday usullarni "Nike" boshqa brendlarda ko'rsatib ulgurgandi. Katta ehtimol bilan liboslar brendning asosiy shabloniga qarab yaratiladi.

2000-yillarning boshida "Liverpul"ning alternativ formasi shu ko'rinishda bo'lgandi. Endi bundan buyog'iga shunday liboslar deyarli har doim ko'rinish berishi kutilmoqda.

"Manchester Siti": "Puma"

Bu erda biz bashoratchilik qilmasak ham bo'ladi. "Manchester Siti" kelasi mavsum uchun liboslari qanday bo'lishini ko'rsatib ham berdi.

"Manchester Siti"ning asosiy liboslari

Karantin vaqtida klubning kelasi mavsum uchun rasmiy liboslari "Puma"ning AQSHdagi rasmiy do'konlarida sotilishni boshladi. Umuman olganda formalar 1 iyundan sotilishi kerak edi.

"Siti"ning yangi liboslari ananaviy rangda bo'lib, mozayka ko'rinishida ishlangan.

Yangi liboslar "Crafted from culture" seriyasining bir qismi bo'lib, Manchesterdagi mozaykadan ilhom olingan.

"Manchester Siti"ning safar o'yinlari uchun liboslari

Yangi liboslar qora-ko'k rangda bo'lib, homiylar nomi och pushti rangli yozuvlarda tushirilgan. Libosni och-ko'k rangli chiziq ajratib turadi. O'rtadagi naqshlar esa Manchester markazidagi Kaslfild arxitektura namunasidan olingan.

Demak, formalar Manchester shahridagi ikki xil ko'rinishdagi inshootlardan olingan. Ikki libosda ham naqshlar oldi tomonga ishlangan bo'lib, ort tomonda raqam ajralib turishi uchun bezak berilmagan. Bu esa libosga o'zgacha joziba berib turadi.

"Manchester Siti"ning qo'shimcha libosi

Libos "Manchester Siti"ning ananaviy: ko'k, oq va siyoxrang ranglaridan yaratilgan. O'rtadagi naqshlarga etiborga olsak, o'zbekona milliy naqshlarni ko'rish mumkin.

"Puma"ning yozishiga ko'ra, Manchesterda bo'layotgan barcha musiqaviy tantanalar boshqa guruhlarga tasir qiladi. Barchaga mashhur bo'lgan "Top of the Pops" teledasturi BBC tomonidan 1964-2006 yillar davomida efirga uzatilgan, avvaliga ko'rsatuv faqatgina ushbu shaharda suratga olingan. Libos shu yilning iyul-avgust oylarida sotuvga chiqadi.

CHelsi: "Nike"

Klubning liboslar to'plami ommaga hali namoyish qilinmagan bo'lsa-da, uning ko'rinishi odamlarga yoqishi aniq. Keling, "CHelsi"ning navbatdagi mavsum uchun liboslari haqidagi malumotlarni birinchilardan bo'lib taqdim qilamiz.

Rasmda "CHelsi"ning kelasi mavsum uy o'yinlari uchun dizayni va rangi keltirib o'tilgan.

Albatta, liboslar doimgidek ko'k rangda bo'lib, klub logosini sariq halqa ajratib turadi.

Dizaynga etibor beradigan bo'lsak, biz yo'laklarni ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda bu "Nike" tomonidan "CHelsi"ning 2020/21 yilgi mavsum uchun ishlab chiqargan deyarli barcha narsalarida uchratishimiz mumkin.

Ryukzakda esa "London iftixori" nomli yozuvni ko'ramiz. Ko'k shortik va oq paypoqlar esa komplektni to'ldirib turadi.

"CHelsi"ning safar o'yinlari uchun libosi

SHu yilning iyul oyiga qadar ommaga havola etilishi kutilayotgan liboslar borasida ilk malumotlar yo'q emas.

Bu rasmda libosning rangi keltirib o'tilgan.

Safar o'yinlari libosi och ko'k-pushti rangda bo'ladi. Hozircha faqatgina shu rasmdan xulosalar yasash qiyinroq.

Faqatgina liboslarda diagonal chiziqlar tortilishi mumkinligini taxmin qila olishimiz mumkin. Qizig'i shundaki, gaplarimizni tasdiqlovchi kichik isbot ham bor:

Bu rang 2005-06 yilgi mavsumda "Umbro" tomonidan ishlab chiqilgan liboslarnikiga o'xshaydi. Umuman olganda bu libos odamlarda iliq taassurot qoldirgan. CHunki o'sha mavsumda jamoa Joze Mourinyu qo'l ostida ikkinchi marta chempionlikni qo'lga kiritgandi.

"CHelsi"ning qo'shimcha libosi

Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "Nike" "CHelsi" uchun umuman begona ko'rinishdagi futbolkalarni ham sotuvga qo'ymoqchi.

Yaqindagina "3" kelasi mavsumda "CHelsi"ning asosiy homiysiga aylanishi borasida malumot bayon qilingandi.  Biz esa ushbu libosga 3 logosini joylashtirib ko'rdik.

Qo'shimcha liboslar sentyabr oyidan sotuvga chiqariladi.

"Manchester Yunayted": Adidas

Internetda mankunianliklarning yangi mavsum uchun asosiy liboslari rasmi tarqalib ketdi.

"Manchester Yunayted"ning uy o'yinlari uchun libosi

"Manchester Yunayted"ning yangi mavsum uy o'yinlari uchun liboslari qizil rangda bo'lib, o'rtasiga oq-qora shtrix tarzida ishlov berilgan. Elkada "Adidas"ning uch chiziqli yo'lakchalari joylashgan.

Uy liboslarining qizil rangda bo'lishi tabiiy. 3 yo'lakcha ham oq rangda. Ilk ko'rganingizni inobatga olmasak, oq-qora ishlovlar o'yin paytida yorqinroq ko'zga tashlanadi. Ular gorizontal tekislangan bo'lib, qizil asosga chiroyli effekt berib turibdi. "Manchester Yunayted"ning yangi mavsum uchun shortik, getra va paypoqlari oq rangda bo'ladi.

"Manchester Yunayted"ning safar o'yinlari uchun liboslari

Jamoaning yangi mavsum uchun safar o'yinlari liboslari kulrang va to'q-kulrang ranglar bo'lib, oldi tomoniga effekt berilgan. Klub emblemasi esa monoxromga olingan. Barcha chiziqlar va yo'lakchalar oq rangda.

"Manchester Yunayted"ning qo'shimcha libosi

MYUning uchinchi komplekt liboslari oq-qora rangda ishlangan bo'lib, oldi va eng tomonlariga qo'shimcha effekt berilgan. CHiziqlar esa Birinchi jahon urushi vaqtida ishlatilgan harbiy kemalarning bo'yalishidan ilhomlanilgan.

Liboslar esa taxminan shunday ko'rinishda bo'ladi.

"Tottenxem": Nike

Internetda "Tottenxem"ning yangi mavsum uchun liboslari rasmlari paydo bo'ldi.

"Tottenxem"ning uy o'yinlari uchun liboslari

Yangi liboslar oq rangda bo'lib, ustki tomonida och kulrang tusdagi effektlar bilan boyitilgan. Elka tomonda esa to'q ko'k rangli qo'shimchalar bor. Yon tomonida oq va ko'k rangni sariq chiziqlar ajratib turadi.

"Tottenxem"ning safar o'yinlari uchun liboslari

Jamoaning yangi mavsum safar o'yinlari uchun liboslari to'liqligicha och qora rangda bo'ladi. Yon tomonida zigzag shaklidagi pushtirang chiziqlar tortilgan. Engni siqib turuvchi joyi ham qora bo'lib, o'yin vaqtida buni ajratib bo'lmaydi.

"Tottenxem"ning qo'shimcha liboslari

Libos to'q yashil rangda. Logotiplar esa och yashil rangda tushirilgan.

Ananadan chekinmagan holda bu libosning ham yon tomonida zigzag shaklidagi pushtirang chiziqlar tortilgan. SHortiklar qora rangda bo'ladi. Ushbu komplekt 2020 yilning yoz oyi o'rtalarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

"Arsenal": "Adidas"

Eslatib o'tamiz, yangi mavsumdan boshlab, klubning texnik homiysi "Adidas" bo'ladi.

"Arsenal"ning yangi mavsum uy o'yinlari uchun liboslari

"Arsenal"ning yangi mavsum uchun uy liboslari qizil, engi va yoqasi oq rangda bo'ladi. Engida esa oq-qizil rangli chiziqlar tortilgan. O'rtasiga grafik ishlov berilgan.

Katta ehtimol bilan ushbu haftada "Arsenal"ning 2020/21 yilgi mavsum uchun liboslari sotuvga chiqariladi.

"Arsenal"ning safar o'yinlari uchun liboslari

"Emireyts" bosh homiy sifatida yangi tegdan foydalanishni boshladi - "Emirates - Fly Better". "Visit Rwanda's" (Ruandaga tashrif buyuring) logotipi esa elkaga ko'chirilgan. Forma iyul oyida sotuvga chiqariladi.

Libosda effekt ko'p bo'lishiga qaramay, oq rang sifatida qabul qilinadi. Klub va "Adidas" logosi, shuningdek boshqa yozuvlar ham qora rangda tushirilgan. Elkada esa uch chiziq tortilgan.

"Arsenal"ning qo'shimcha liboslari

Hozirda rasmga qarab qila oladigan birgina taxminimiz - libos rangi o'ta zamonaviy gamma rangida bo'ladi. Barcha yozuvlar va logolar esa mandarin rangida yoziladi. Liboslar rangi kombinaciyasi "Legend Marine / Light Flash Orange" deb nomlanadi. Mandarin rangli shortik va getralar esa komplektni to'ldirmoqda.Bu liboslar 20 avgustdan sotuvga chiqariladi. Narx esa 90 dollarga baholangan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика