O'zbekistonning Osiyo kubogidagi guruhdoshi Avstraliya Meksika bilan o'ynaydi
17 avg 2023 12:07
Yangiliklar
O'zbekistonning Osiyo kubogidagi guruhdoshi Avstraliya Meksika bilan o'ynaydi
Avstraliya terma jamoasi ham sentyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida AQSHga boradi.
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqibi Avstraliya terma jamoasi 9 sentyabr kuni Meksika bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bahs AQSHning Texas shtatining Arlingtong shahrida joylashgan "AT&T" stadionida bo'lib o'tadi.
Oktyabr oyida esa Grem Arnold boshchiligidagi "sokkeruzlar" Londonda Angliya va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida AQSH va Meksika bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Avstraliya bilan Osiyo kubogining 3-turida, 22 yanvar kuni to'qnash kelamiz.
O’xshash yangiliklar
12:41
Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman" 4
Fikrlar