O'zbekistonlik uch nafar hakam Malayziyada o'tkaziladigan VAR tizimi bo'yicha seminarda ishtirok etadi
11 apr 2019 14:36
Yangiliklar
O'zbekistonlik uch nafar hakam Malayziyada o'tkaziladigan VAR tizimi bo'yicha seminarda ishtirok etadi
SHu yilning 15-21 aprel kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida VAR tizimi bo'yicha seminarning birninchi bosqichi o'tkaziladi.
Unda Osiyodagi hakamlar qatorida O'zbekistondan ham uch nafar hakam - Valentin Kovalenko, Aziz Asimov va Ilgiz Tantashev ishtirok etishadi. Seminarni FIFA va IFAB mutaxassislari olib borishadi. Ular orasida hamyurtimiz Farhod Abdullaev ham bor.
Takidlash kerakki, VAR tizimi bo'yicha seminar 3 bosqichdan iborat bo'lib, mazkur bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlarga maxsus sertifikat taqdim qilinadi va ular uchrashuvlarda VAR bo'yicha hakam sifatida faoliyat olib borishlari mumkin bo'ladi.
Hozirda o'zbekistonlik ikki nafar hakam - Ravshan Ermatov va Jahongir Saidovda VAR tizimi bo'yicha ish olib borish uchun sertifikat mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar