O'zbekistonlik hakamlar JCH-2022 saralash bosqichining muhim uchrashuvlarini boshqarish boradi
01 iyu 2021 16:24
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar JCH-2022 saralash bosqichining muhim uchrashuvlarini boshqarish boradi
Xabaringiz bor, iyun oyi davomida Osiyo qitasi terma jamoalari 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarini o'tkazadi.
O'zbekistonlik bir qator arbitrlar mazkur bahslarda hakamlik qilish uchun OFK tomonidan chaqiruv oldi.
FIFA hakami Ilgiz Tantashev Bahraynda bo'lib o'tadigan «S» guruhi uchrashuvlarida faoliyat olib boradi va unga yon qanotda Andrey Capenko ko'maklashib boradi.
O'zbekistonlik FIFA yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov Qatarda o'tishi rejalashtirilgan «E» guruhi o'yinlarida faoliyat olib boradi. SHuningdek, BAA mezbonlik qiladigan «G» guruhi bahslarida FIFA nazoratchisi Vladislav Ceytlin ishlaydi.
Fikrlar