O'zbekistonlik hakamlar brigadasi Hindiston – Tojikiston uchrashuvida ishladi
08 iyu 2019 12:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/505510_original.jpg)
![](/upload/storage/505510_220.jpg)
O'zbekistonlik hakamlar brigadasi Hindiston – Tojikiston uchrashuvida ishladi
Hindistonning Ahmadobod shahrida “Hero Intersontinental Cup 2019” musobaqasi start oldi. Mazkur turnirda Hindiston, Tojikiston, Suriya hamda KXDR terma jamoalari ishtirok etishmoqda.
Kecha mazkur musobaqaning ochilish o'yini bo'lib o'tdi. Unda Hindiston terma jamoasi Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston bilan bahs olib borib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mazkur o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Jasur Muxtorov bosh hakam sifatida ishlagan bo'lsa, unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Andrey Capenko yordam berishdi. Zaxira hakami sifatida esa Ahrol Risqullaev ishladi.
Takidlash joiz, kecha start olgan musobaqa 19 iyulga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar