O'zbekistonlik hakamlar “Al Hilol” – "Abha" uchrashuvini boshqaradi
03 fev 2021 12:48
Yangiliklar


O'zbekistonlik hakamlar “Al Hilol” – "Abha" uchrashuvini boshqaradi
Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi taklifiga binoan, o'zbekistonlik 4 nafar hakam Saudiya Arabistoni chempionatidan o'rin olgan “Al Hilol” – "Abha" uchrashuvida ishlash uchun Ar-Riyod shahriga jo'nab ketdi.
4 fevral kuni “King Fahd International Stadium” maydonida o'tadigan ushbu bahsni Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynulin yordam beradi. VAR hakami Aziz Asimov.
Saudiya Arabistoni chempionati | 17-tur
4-feval, 2021 yil
“Al Hilol” – "Abha"
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko (O'zbekiston), Timur Gaynulin (O'zbekiston)
VAR hakami: Aziz Asimov (O'zbekiston)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar