O'zbekistonlik futbolchilar o'ynagan finalda "Xo'jand" "Istiqlol"ni mag'lub etdi va kubok sohibiga aylandi
09 dek 2021 17:56
Yangiliklar
O'zbekistonlik futbolchilar o'ynagan finalda "Xo'jand" "Istiqlol"ni mag'lub etdi va kubok sohibiga aylandi
Unda "Xo'jand" jamoasining g'alabasi kuzatildi.
SHu orqali "Xo'jand" o'z tarixida beshinchi marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.
O'yin 0:2 hisobi bilan yakunlandi. Dastlabki gol uchrashuvning 108-daqiqasida Xojiboy Ziyoev tomonidan kiritildi. 117-daqiqada Artyom Serdyukning goli barchasiga nuqta qo'ydi.
Qayd etish kerak, uchrashuvda o'zbekistonlik futbolchilar Olimjon Karimov, Samandar Ochilov hamda Firdavs Abdusalimov ham harakat qildi.
SHu orqali "Xo'jand" OFK Kubogiga yo'llanma oldi.
"Istiqlol" - "Xo'jand" 0:2
Gollar: Xojiboy Ziyoev (108), Artyom Serdyuk (117).
"Istiqlol": SHohruh Qirg'izboev, Daler Imomnazarov, Iskandar Jalilov, Axtam Nazarov (Islom Zoirov, 91), Zoir Jo'raboev, SHervoni Mabatshoev, Amirbek Jo'raboev, Ryota Noma, SHaxrom Sulaymonov (SHarifbek Rahmatov, 79), Rustam Soirov, Manuchexr Jalilov.
"Xo'jand": Daler Barotov, Naimjon Ibrogimzoda, Samandar Ochilov, Olimjon Karimov, Firdavs Abdusalimov, Exson Boboev, Saidov, Bobojonov, Yodgorov, Dilshod Bozorov, Artem Serdyuk.
Ogohlantirish: Amirbek Jo'raboev, Manuchexr Jalilov ("Istiqlol"), Naimdjon Ibragimzoda, Abdusalimov Firdavs, Daler Yodgorov ("Xo'jand").
9 dekabr. Xo'jand, 20700 tomoshabin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar