So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  19 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

O'zbekistonda “yagona” Oleg Zoteev 30 yoshga to'ldi! Yangiliklar

O'zbekistonda “yagona” Oleg Zoteev 30 yoshga to'ldi!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Oleg Zoteev o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

2015 yildan beri Toshkentning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali chap qanot himoyachisi bugun roppa-rosa 30 yoshga to'ldi. Oleg 1989 yilning 5 iyul kuni Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida dunyoga kelgan. Professional futbolchilik faoliyatini 2008 yilda “Paxtakor” jamoasida boshlagan. U “sherlar” bilan mamakat Kubogi sohibi hamda O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan. 2010-2012 yillarda poytaxt viloyatining “Olmaliq” jamoasi safida to'p tepgan. 

Olmaliqdagi ishonchli o'yinlari sabab Mirjalol Qosimov uni “Bunyodkor”ga taklif qilgan. 2013-2014 yilgi mavsumlarda “qaldirg'ochlar” sharafini himoya qilgan Zoteev 44 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 2013 yilda u “Bunyodkor” safida oltin dubl qayd etadi, yani ham O'zbekiston chempioni, ham mamlakat Kubogi sohibiga aylanadi. 2015 yildan to shu kungacha “Lokomotiv” safida maydonga tushib kelmoqda. “Temiryo'lchilar” tarkibida 3 marta chempion bo'lgan. 

Oleg Zoteev O'zbekiston chempionatlarida jami 220 ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 23 bor ishg'ol qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 13 ta o'yinda bitta gol muallifiga aylangan. 

Zoteev - O'zbekistonda “yagona”!

Bugungi kun qahramoni o'ziga xos rekord sohibi ham hisoblanadi. Zoteev uch marta O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'lgan mamlakatimizning yagona futbolchisi hisoblanadi. Hozircha oxirgi Superkubok o'yinida “Lokomotiv” o'tgan mavsum Kubokni qo'lga kiritgan AGMKga qarshi bahs olib borgandi. Uchrashuvda “temiryo'lchilar” 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixlarida ikkinchi bor Superkubok sohibi bo'lishgandi. SHu kuni “Lokomotiv” safida g'alabani nishonlagan Oleg uchun bu Superkubokdagi uchinchi yutuq edi. Zoteev uch marta Superkubokda ishtirok etib, har uchalasida ham g'olib chiqqan O'zbekistondagi yagona futbolchi bo'lib turibdi. U ilk bor 2014 yil “Bunyodkor” tarkibida Superkubokni qo'lga kiritgan va oradan bir yil o'tib “Lokomotiv” tarkibida shunday yutuqqa sazovor bo'lgan edi.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Oleg Zoteevni saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика