O'zbekiston yoshlar termasi Serbiya U-18 terma jamoasiga mag'lub bo'ldi
19 apr 2017 09:38
Yangiliklar
O'zbekiston yoshlar termasi Serbiya U-18 terma jamoasiga mag'lub bo'ldi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiligidagi jamoa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi o'rtoqlik o'yini ertaga, 20 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Mazkur yig'in O'zbekiston U-18 terma jamoasining 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Belgrad, Serbiya
18 aprel, seshanba
Serbiya U-18 – O'zbekiston U-18 – 2:0
Gollar: Lazar Nikolich (57), Deyan Yovelich (77)
Ogohlantirishlar: Luka Ilich (37), Deyan Yovelich (44) – Suhrob Izzatov (32)
Serbiya U-18: Aleksandar Popovich, Yulian Popovich, Aleksa Terzich, Lazar Koich (Meletios Mishkovich, 68), Dushan Yokovich, Straxinya Boshnyak, Jug Stanoev (Kristian Jivkovich, 75), Igor Maksimovich (Aleksandar Dordevich, 82), Deyan Yovelich, (Velko Yovkovich, 82), Luka Ilich, Lazar Nikolich.
O'zbekiston U-18: Umidjon Ergashev, Dilshod Saidov, Rasul Yo'ldoshov (Xudoyorxon Sadullaev, 75), Rahmatilla Mirzaahmadov (Oston Urunov, 58, Georgiy Ahmedov, 85), Suhrob Izzatov, Kamron Saidazimov (Asadbek Sobirjonov, 68), Islom Kenjaboev, Ibrohim Yo'ldoshev, Bobirjon Asqarov, Jahongirbek Abdusalomov, Abubakir Mo'ydinov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar