So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  16 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  17 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  18 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Ronaldosi bo'lgan jahon chempionati mezbonlariga qarshi: Indoneziya terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz lozim? Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Ronaldosi bo'lgan jahon chempionati mezbonlariga qarshi: Indoneziya terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz lozim?

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo kubogining 3-turida Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.

Guruhdagi holat

Ravshan Haydarov shogirdlari o'z yashil maydonlarida o'tayotgan qita turnirida hozircha ochkolar jihatdan betalofat ketmoqda. Jamoa dronlar shousi bilan hamda Fayzullaevning jarima zarbasi bilan yodimizda qolgan uchrashuvda Suriya darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi. Ikkinchi bahsda esa jamoa ancha ter to'kishga majbur bo'ldi. Dastlabki raqibiga qaraganda kuchliroq bo'lgan Iroqqa qarshi bahsning 44-daqiqasidayoq zaxiradan maydonga tushirilib, hali maydon maydasiga qadam bosganiga 10 daqiqa bo'lmasidan SHahzodbek Rahmatullaevga hakam tomonidan kiyinish xonasining eshiklari ko'rsatildi. SHunga qaramay, "Bunyodkor" stadionida 30 mingdan ortiq futbolga qiziqqan-qiziqmagan tomoshabin qarshisida Xoldorxonovning goli evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Endilikda Haydarov shogirdlari guruhda etakchilikni saqlab qolish maqsadida hech bo'lmaganda durang natija qayd etishi talab etiladi. Osiyo kubogida qanday natija qayd etishidan qati nazar o'z mamlakatida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. SHunga qaramasdan, kichik mundial oldidan janubiy-sharqiy osiyoliklar o'z o'ylariga shumshayib qaytishni istamasa kerak.

Indoneziyaliklar ilk turda bir kishi ko'p bo'lishiga qaramasdan, iroqlik tengdoshlaridan ikki bor "tarsaki" qabul qilib oldi. Ikkinchi turda esa Suriyaga qarshi bahsda Brillantning goli evaziga futbolchining ismiga mos g'alabani qo'lga kiritdi. Koreyalik mutaxassis shogirdlarini kelgusiga bosqichga chiqishi uchun g'alaba talab etiladi, chunki guruhning narigi juftligida Iroq Suriyadan ustun ekanligi sir emas.  Agarda janubiy-sharqiy osiyoliklar musobaqada kamida yarim finalga qadar etib borishsa, mundial uchun qo'shimcha yo'llanmaga o'ynaladi, unda chorak finalga mag'lub bo'lgan to'rt terma jamoa pley-off bahslarida ishtirok etadi. 

Ravshan Haydarov Iroqqa qarshi bahsdan keyingi matbuot anjumanida "Biz hali rasman saralash bosqichidan o'ta olmadik, raqiblarimizda ham imkoniyat bor. SHu bois, bor etiborimizni kelgusiga o'yinga qaratamiz", deya aytib o'tgandi. 

Indoneziya SHin Tae Yong uchun O'zbekiston begona emas, Janubiy Koreya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Jahon chempionatining saralash bosqichida mazkur mamlakat vakillari bilan to'qnash kelgan.

"Menda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi hech qanday yashirin g'oya yo'q, biz keyingi uchrashuvda ham bugungi taktik uslubimizda o'ynaymiz va O'zbekiston terma jamoasiga katta raqobat ko'rsata olamiz deb o'ylayman. Men bu erda faqat 2017 yili emas, klub murabbiyi sifatida ham uch marotaba yurtingizda bo'lganman. O'sha vaqtlarda Koreyada ishlar edim, hozir esa Indoneziya terma jamoasida murabbiyman. O'zbekiston kuchli raqib. Ushbu termaning imkoniyatlarini yuqori baholaymiz va eng ularga qarshi eng kuchli o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz", dedi Tae Yong.

Turnir jadvali

Agarda ochkolar teng kelib qolsa, unday qaysi mezonlarga asosan, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadi:

1. O'zaro o'yinlar;

2. To'plar nisbati;

3. O'zaro o'yinlarda urilgan gollar.

Agarda teng ochkoga ega jamoalar soni ikkitadan ko'p bo'lsa yana yuqoridagi mezonlarga asoslanadi:

1. To'plar nisbati;

2. Gollar soni.


Tarkib

Indoneziya guruhning dastlabki ikki o'yinida 4-4-2 sxemasida o'yinni boshlagan. O'zbekistonga tashrif buyurgan tarkibning deyarli barchasi mahalliy futbolchilar sanaladi. Faqatgina Ronaldo Kuate Turkiyaning "Bodrumspor" klubi safida to'p tepadi. Asosiy tarkibning oldingi chizig'ida mashhur shaxsning nomi qo'yilgan o'yinchi bilan birgalikda yana bir noodatiy ism egasi — Hokki Karaka Brilliant harakat qiladi. Brilliant jamoasining yagona goliga muallif sanaladi.

Jamoa azolari uzoq masofalardan yaxshi zarba yo'llaydi, biroq tezlik borasida maqtana olmaydi. SHu bilan birga, raqib jamoaning tezkor kombinacion hujumlariga allergiyasi mavjud. Buni dastlabki ikki turda guvohiga aylandik. SHunday bo'lsa-da, jamoaga past nazar bilan qarash fikridan yiroqmiz. Mashhur mutaxassis qo'l ostidagi jamoadan har narsa kutish mumkin, lekin baribir O'zbekiston terma jamoasi ustunlikka ega.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика