O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
02 may 2016 18:08
Yangiliklar
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarus bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonida yig'in o'tkazib, mezbonlarga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
O'zbekiston U-19 endi Belarus mamlakatiga uchib ketadi va 5-11 may kunlari o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Bu haqda O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov malum qildi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida Belarus yoshlar terma jamoasi Toshkentda mehmon bo'lib ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan edi.
Malumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.
Fikrlar