So’nggi yangiliklar

00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  6 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1 18:33Сеулдаги баҳсда "Бавария" "Тоттенхэм"ни таслим қилди  1 17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  3 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  3

O'zbekiston - Yaman 1:0. O'yin oldi, o'yin va o'yinning ertasi... Yangiliklar

O'zbekiston - Yaman 1:0. O'yin oldi, o'yin va o'yinning ertasi...

Garchand kecha g'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'pchilikning natijadan ko'ngli to'lmadi.

O'YINDAN AVVAL
Bir necha kun davom etgan mashg'ulotlarni ko'rib terma jamoamizni asosiy tarkibini topish biz uchun qiyinchilik tug'dirmadi. Faqatgina Andreevda adashgandik. Asosiy tarkibdan SHomurodov joy oldi. Terma jamoamiz o'yinga o'zi istagan holatda tayyorgarlik ko'rdi. Aziz Haydarovni inobatga olmaganda yo'qotish yo'q edi. Stadion esa kecha kutilganidan ortiq muxlislarga ega bo'ldi. Garchand qaydnomada 15 000 yozilgan bo'lsa-da, muxlislar soni 20 000 dan ortiqroq edi.



VATAN UCHUN MANA QANDAY O'YNASH KERAK
Bu bilan biz Vatan uchun o'ynamaymiz demagan bo'lardim. Hamma Vatan uchun o'ynaydi. Lekin bir kun avval Yaman terma jamoasi ustozi, ertaga biz Yamanda qiynalayotgan xalqimiz uchun ham o'ynaymiz degan gapiga o'yin davomida javob bera oldi. Yaman safida maydonga tushgan futbolchilarning jismoniy holatini ko'rib, bugun yirik hisob qayd etilishi haqida o'ylay boshladi. 7-raqamdagi futbolchi Ismoilov oldida ko'rinmay qoldi ham. Lekin ular 7 metrlik darvoza to'rini o'z vatanlari deb bildilar va uni jon-jahdlari bilan himoya qildilar. Muhammad Ibrohim Ali Ayyashga esa faqat va faqat qarsak chalish mumkin. O'yin davomida u tomonidan oshirilgan seyvlarni sanayverib sondan adashdik. Har qanday zarbani qaytara oldi. Birinchi bo'limdagi dastlabki xavfli vaziyat 7-daqiqada Rashidov tomonidan amalga oshirildi. Bu vaziyatda darvozabon yaxshi o'ynadi.
To'xtaxo'jaevning o'ng qanot himoyachisi emasligi bilinib qoldi. SHuning uchun asosiy hujumlar Vitaliy Denisov va Eldor SHomurodov o'rin olgan chap qanotdan tashkil etildi. Yaman terma jamoasi bor kuchi bilan himoyalanishi natijasida futbolchilarimizda raqib jarima maydonchasi ichida erkinlik bo'lmadi.

Yamanlik himoyachilar "podkat" ustida juda zo'r mashg'ulot o'tkazishganini ko'rdik. Ularning barcha harakati toza bo'ldi.  25-daqiqada esa debyutant SHomurodov juda yaxshi imoniyatga ega bo'ldi, biroq yana himoyachi xavfni bartaraf etdi.

26-daqiqada Rashidov tomonidan berilgan zarbani posbon qaytardi. 30-daqiqada esa Jeparovning zarbasi to'singa tegib maydonni tark etdi. 38 va 39-daqiqalarda avvaliga Sergeevdan qolgan to'pni SHomurodov, keyingi vaziyatda Ahmedov zarba berishga urinib ko'rdi. Bu vaziyatlarda ham himoyachilar yaxshi harakat qilishdi. Umuman olganda yamanlik himoyachilar 90 daqiqa davomida o'ynay oldilar. Faqat bitta xato qimmatga tushdi.

50-daqiqada Odil Ahmedov tomonidan amalga oshirilgan reyd Mudir Al Radei tomonidan qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. Uzoq muddatlik tanaffusdan so'ng 46-daqiqada Server Jeparov o'rniga maydonga tushgan Aleksandr Geynrix o'zining qaytishini gol urib uni Ronaldu uslubida nishonladi.

Gol o'tkazib yuborgan Yaman terma jamoasi hech yo'g'i durang umidida sekin-sekin oldinga chiqa boshladi. Bu esa Samvel Babayan boshqaruvidagi MTJga sal bo'lsa-da erkinlik berdi va hujumlarimiz soni oshdi. 74-daqiqada Odil o'yindagi eng kuchli va aniq zarbasini amalga oshirdi. Bu vaziyatda darvozabon qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. SHomurodov o'rniga Jasur Hasanov maydonga tushganidan keyin chap qanotdagi hujumlarimiz soni yanada oshdi va sifatli ko'rinishga ega bo'ldi. Hasanov o'zbekistonlik boshqa yarim himoyachilardan farqli ravishda qanotdan aniq va tiniq pas bera olishi bilan ajralib turadi. SHunday paslardan ikkitasi Rashidovga etib bordi, biroq o'sha vaziyatda markazda harakat qilgan futbolchimizga sovuqqonlik etishmadi. Eng achinarlisi Sergeevning o'zi uchun birorta imkoniyatni yarata olmagani bo'ldi.



DEBYUTANTLAR... SHOMURODOVDAN XOMYAKOVGA SALOM!
Eldor SHomurodov. Hujumchi 2014 yilgi mavsumda faqatgina bitta o'yinda 90 daqiqa to'p tepish imkoniyatini bergan "Mashal" ustozi Aleksandr Xomyakovga kechagi o'yini orqali alangali salomini etkazib qo'ydi. Bor-yo'g'i 10ta o'yinda maydonga tushirilgan futbolchi jami 295 daqiqa davomida harakat qilgan. Joriy yil SHukurovga qo'shib 200 mln. so'mga "Bunyodkor"ga transfer qilingan futbolchining bugungi kundagi narxi eng kamida 300 ming AQSH dollariga teng. Yana bir yil ichida uning narxi yana ikki baravarga oshsa ajablanmaymiz. Kecha ham qanotda, ham jarima maydonchasi ichida barchamizga manzur bo'ladigan o'yin namoyish eta oldi. Babayan tomonidan amalga oshirilgan ishlardan eng yaxshisi mana shu bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Javohir Sohibov. Aziz Haydarovning diskvalifikaciyasi tufayli kechagi o'yinda yana bir debyutantni ko'rdik. "Paxtakor" safida mavsum kashfiyoti bo'layotgan bu futbolchi "tozalov"chi vazifasida maydonga tushdi. Uning vazifasi hujum yaratish emas, hujumlarni to'xtatib Jeparov va Ahmedovga to'pni uzatish. Lekin kechagi Yaman terma jamoasining hujumi uning imkoniyatini ko'rsatib bera olmadi, xuddi ALEKSANDR LOBANOV kabi. Filippin bilan bo'lib o'tadigan o'yin orqali ularning kuchiga baho berishimiz mumkin bo'ladi. Lekin katta ehtimol bilan Aziz Haydarov asosiy tarkibdan o'rin oladi. Darvozada kim turishini esa sakkizinchida bilib olamiz.



YAMAN BILAN O'YIN BIZGA HECH NIMA BERMASLIGI MUMKIN
"F" guruhidan Indoneziyaning chiqib ketishi boshqa guruhdagi beshinchi jamoalarning natijalarini olib tashlashga olib keladi. Bu degani, agarda Yaman terma jamoasi guruhda so'nggi o'rinni qo'lga kiritadigan bo'lsa, unga urgan gollarimiz va ulardan olgan ochkolarimiz kuyadi. Lekin bu bizni kecha bitta gol urganimizga bahona bo'la olmaydi. Kecha ko'plab jamoalar yirik hisoblardagi g'alabani tantana qildilar. Biz ham shunday gollar shousini kutgan edik. Lekin eski kasallik, murabbiy kim bo'lmasin Gonkong, Yaman, Falastin, Ummon yoki Vetnam kabi terma jamoalarga istaganimizcha gol ura olmayapmiz. To'g'ri, ularda ham futbol o'sib boryapti, ular oldinga ketyapti. Lekin nega biz o'z joyimizda to'xtab qolyapmiz?



FILIPPINDAN NIMA KUTISH MUMKIN
Katta ehtimol bilan Filippin Yaman kabi yopiq o'yin qilmaydi. Bu esa maydonning raqib qismida ochiq "zona"lar bo'lishini taminlaydi. Yamanga qarshi o'yinda biz bironta himoyachimizga baho bera olmadik. SHu jumladan darvozabonga ham. 8 sentyabr kuni esa ularga aniq baho berish mumkin bo'ladi. Balki minimal hisobdagi g'alabalar bilan natijaga erishish mumkin. Ammo hisobingda bitta mag'lubiyat bo'lsa to'plar nisbati birinchi planga chiqadi. SHuning uchun keyingi o'yinlarda o'zimizni qo'lga ola bilmasak, bu bosqichda OK-2019 yo'llanmasini qo'lga kiritish bilangina cheklanib qolishimiz mumkin.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика