So’nggi yangiliklar

18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  0 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  0 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  16 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  8 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  7 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  64 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  2 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  36 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  3

O'zbekiston va KXDR o'zaro o'yinlar tarixi. Pxenyandagi mag'lubiyat, Geynrixning chiroyli goli va Avstraliyada "porlagan" Sergeev Yangiliklar

O'zbekiston va KXDR o'zaro o'yinlar tarixi. Pxenyandagi mag'lubiyat, Geynrixning chiroyli goli va Avstraliyada "porlagan" Sergeev

Teglar :  O'zbekiston MTJKXDR
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi 3-bosqichi doirasida KXDRga qarshi maydonga chiqadi. Biz esa ikki terma jamoalar o'rtasidagi o'zaro o'yinlar tarixiga nazar solamiz.

SHu kunga qadar, ikki mamlakat vakillari o'zaro 10 marotaba to'qnash kelishgan. 8ta uchrashuvda O'zbekiston g'alaba qozongan bo'lsa, raqibimiz bor-yo'g'i bir marotaba bizni enggan va bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Terma jamoamiz raqib darvozasiga 19ta gol kiritgan va 5ta gol o'tkazib yuborgan. Eng yirik hisobdagi g'alaba - 4:0, 1998 va 2019 yillari qayd etilgan.


1998 yilda Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkazilgan XIII Osiyo o'yinlarida milliy terma jamoamiz KXDRga qarshi dastlabki uchrashuvini o'tkazgan. Ikki terma jamoa uchun ham musobaqadagi debyut uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozongan, terma jamoamiz safidagi gollarga esa Nikolay SHirshov(dubl), Andey Akopyanc va Igor SHkvirinlar mualliflik qilgan.

XIII Osiyo o'yinlari, 1-tur.

07.12.1998.

Stadion: "Rajamangala" (Bangkok)


O'zbekiston - KXDR - 4:0

Gollar:

1:0 - Nikolay SHirshov, 16

2:0 - Igor SHkvirin, 60

3:0 - Andrey Akopyanc, 66

4:0 - Nikolay SHirshov, 76

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Andrey Ryazancev, Andrey Fedorov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev(Eduard Mamotov, 77), Nikolay SHirshov, Rashid G'ofurov, Sergey Lushchan, Andrey Akopyanc, Aleksey Semenov (Aleksandr Sayun, 46), Igor SHkvirin (Mirjalol Qosimov, 65).




Osiyo o'yinlaridagi ikki terma jamoaning dastlabki uchrashuvidan 10 yil o'tgandan so'ng terma jamoalar yana to'qnash kelishgan. Toshkentda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlar jamoalar nursiz durang qayd etishgan.

O'rtoqlik uchrashuvi

29.08.2008.

Stadion: MHSK (Toshkent), 6000 muxlis.


O'zbekiston - KHDR - 0:0

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Ilxom Suyunov, Asror Alikulov (Xayrulla Karimov, 63), Bahtiyor Ashurmatov, Islom Inomov (Anzur Ismoilov, 73), Aziz Haydarov, Viktor Karpenko (Anvar G'ofurov, 62), Odil Ahmedov (Zayniddin Tojiev, 46), Ildar Magdeev (Timur Kapadze, 46), Server Jeparov, Aleksandr Geynrix ( Ulug'bek Bakaev, 65).




Braziliya maydonlarida o'tkaziladigan mundial saralashining uchinchi bosqichida KXDR terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olganmiz. Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra Yaponiyani ortda qoldirgan terma jamoamiz, KXDRga qarshi dastlabki uchrashuvni safarda o'tkazgan edi. Terma jamoamiz uchun qiyin kechgan uchrashuvda Aleksandr Geynrixning yagona goli bizga uch ochkoni taqdim etgandi. Aziz Haydarovning uzun pasiga ega chiqqan Geynrix vaziyatdan unumli foydalandi va gol urdi.

JCH-2014 uchinchi bosqich, 3-tur

11.10.2011.

Stadion: "Yangakdo" (Pxenyan), 29000 muxlis.

Hakam: Alirizo Fag'oniy (Eron)


KXDR - O'zbekiston - 0:1

Gollar:

0:1 - Aleksandr Geynrix, 26

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Jasur Hasanov (Vagiz Galiulin, 32), Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix (Marat Bikmaev, 64), Sanjar Tursunov, Timur Kapadze, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Viktor Karpenko (SHavkat Mullajanov, 55).




Pxenyandagi uchrashuvdan roppa-rosa bir oy vaqt o'tgandan so'ng terma jamoalar Toshkentda yana bir bor to'qnash kelishgan. "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan uchrashuvda ham terma jamoamiz bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golga Timur Kapadze mualliflik qilgan.

JCH-2014 uchinchi bosqich, 3-tur

11.11.2011.

Stadion: "Paxtakor" (Toshkent), 27525 muxlis.

Hakam: Ande El-Hadad (Livan)


O'zbekiston - KXDR - 1:0

Gollar: 

1:0 - Timur Kapadze, 48

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix, Maksim SHackix (Sanjar Tursunov, 75), Timur Kapadze (Lutfulla To'raev, 88), Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Viktor Karpenko (SHavkat Mullajanov, 55), Vagiz Galiulin.




Avstraliya maydonlarida o'tkazilgan 2015 yilgi Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi aynan KXDRga qarshi bahs bilan musobaqadagi o'z ishtirokini boshlagan. Kuchli yomg'ir ostida kechgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari kichik 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishgandi. Uchrashuvdagi yagona golni hujumchimiz Igor Sergeev kiritgandi. Terma jamoamiz guruh bosqichida 6 ochko to'plab, guruhda ikkinchi o'rin bilan pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Osiyo Kubogi-2015, 1-tur

10.01.2015.

Stadion: "Avstraliya" (Sidney), 12078 muxlis.

Hakam: Navaf SHukrulla (Bahrayn)


O'zbekiston - KXDR - 1:0

Gollar: 

1:0 - Igor Sergeev, 62

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajanov, Anzur Ismoilo, Vitaliy Denisov, Akmal SHorahmedov, Aziz Haydarov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov (Jamshid Iskanderov, 90), Odil Ahmedov (Sardor Rashidov, 72), Server Jeparov, Igor Sergeev (Bahodir Nasimov, 89).




Rossiyadagi Jahon chempionati saralashi 2-bosqichida ham SHimoliy Koreya bilan bir guruhdan joy olganmiz. Guruh bosqichining dastlabki uchrashuvini terma jamoamiz Pxenyanda o'tkazgan. Birinchi bo'limning o'zidayoq 4ta javobsiz gol o'tkazib yuborgan terma jamoamiz, yakunda 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

JCH-2018 saralashi 2-bosqich, 1-tur

16.06.2015

Stadion: "Kim Il Sung", 42000 muxlis

Hakam: Yoqub Solix (Singapur)


KXDR - O'zbekiston - 4:2

Gollar:

1:0 - Pak Kvang Ryong, 4

2:0 - Jang Kuk CHol, 16

3:0 - Ro Xak Su, 34

4:0 - Ri Xyok CHol, 36

4:1 - Igor Sergeev, 53

4:2 - Sardor Rashidov, 79

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajanov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, SHuhrat Muhammadiev (Farruh Sayfiev, 70), Aziz Haydarov, Ikrom Aliboev (Bahodir Nasimov, 34), Sardor Rashidov, Igor Sergeev, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov.




Pxenyandagi mag'lubiyatdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov istefoga chiqarilgan edi. Toshkentdagi javob uchrashuvida esa terma jamoamiz safardagi kutilmagan mag'lubiyat alamini olgan. Samvel Babayan shogirdlari Koreyaliklar hamkasblarini 3:1 hisobida taslim etgan.

JCH-2018 saralashi 2-bosqich, 1-tur

12.11.2015.

Stadion: "Paxtakor", 27135 muxlis.

Hakam: Alirizo Fag'oniy (Eron)


O'zbekiston - KXDR - 3:1

Gollar:

0:1 - Ri Xyok CHol, 2

1:1 - SERGEEV Igor, 24

2:1 - GEYNRIX Aleksandr, 66

3:1 - AXMEDOV Odil, 87

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismailov, Egor Krimec, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov (Jasur Hasanov, 75), Sardor Rashidov (Javohir Sohibov, 89), Igor Sergeev, Marat Bikmaev (Aleksandr Geynrix, 51).




2018 yilda O'zbekiston terma jamoasi yangi tayinlangan bosh murabbiy Ektor Kuper dastlabki uchrashuvlaridan birini KXDRga qarshi o'tkazgan. "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan uchrashuvda terma jamoamiz ishonchli 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'rtoqlik uchrashuvi

13.10.2018

Stadion: "Bunyodkor", 13000 muxlis.

Hakam: Dmirtiy Mashencev (Qirg'iziston)


O'zbekiston - KXDR - 2:0

Gollar:

1:0 - BIKMAEV Marat, 37

2:0 - BIKMAEV Marat, 90+1

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Vladimir Kozak, Aziz Haydarov (Odiljon Hamrobekov, 36), Otabek SHukurov, Odil Ahmedov (Javohir Sidiqov, 70), Dostonbek Hamdamov (Ivan Nagaev, 67) (Xusniddin G'ofurov, 83), Eldor SHomurodov (Ikrom Aliboev, 66), Marat Bikmaev.




SHimoliy Koreyaga qarshi so'nggi uchrashuvimiz esa 2019 yil yozida o'tkazilgan. Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz JCH-2022 saralashiga tayyorgarlik davomida Suriya va KXDR terma jamoalariga qarshi ikkita o'rtoqlik bahsida maydonga tushgan.

O'rtoqlik uchrashuvi

07.06.2019

Stadion: "Bunyodkor"

Hakam: CHorimurod Qurbonov (Turkmaniston)


O'zbekiston - KXDR - 4:0

1:0 - Odil Ahmedov (penalti), 28

2:0 - Temurho'ja Abduholiqov , 65

3:0 - Igor Sergeev, 68

4:0 - Dostonbek Tursunov, 90+2

O'zbekiston: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov (Davron Hoshimov, 46), Doston Tursunov, Akramjon Komilov, Anzur Ismoilov, Odiljon Hamrobekov, Ikrom Aliboev (Oston Urunov, 66), Odil Ahmedov (Sardor Mirzaev, 84), Jaloliddin Masharipov (Quvondik Ro'ziev, 84), Temurho'ja Abduholiqov (Igor Sergeev, 66), Doston Ibragimov (Hurshid G'iyosov, 74).



So'nggi uchrashuv bu yilning sentyabr oyida bo'lib o'tdi. Unda vakillarimiz g'alabani o'ziniki qilgan edi.

JCH-2026 3-saralash bosqichi

5 sentyabr. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00 
"A" guruhi. 1-tur
O'zbekiston – KXDR 1:0

Gol: 1:0 — 20, Jaloliddin Masharipov (SHerzod Nasrullaev)

O'zbekiston - 1.O'tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (4. Farrux Sayfiev, 70), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek SHukurov (18. Abdulla Abdullaev, 70), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (6. Akmal Mozgovoy, 87), 11.Oston O'runov (22. Abbos Fayzullaev, 60), 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Eldor SHomurodov (17. Bobir Abdixoliqov, 87), 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: Ergashev, Nematov, Hamraliev, Turg'unboev, Iskanderov, Amonov, Erkinov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика