So’nggi yangiliklar

12:31Мбаппенинг азалий орзуси ушалди  1 12:18“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2024” спорт мусобақалари ўтказилди  0 11:45Ўзбекистон Кубоги ярим финалида ишлайдиган ҳакамлар аниқ бўлди  6 11:18"Қор жанги" қаҳрамони Сидоров ҳозир қаерда тўп тепмоқда?   0 11:08"Барселона" билан келишуви барбод бўлган Кьеза Европанинг бошқа бир ТОП клубига ўтади  5 10:42"Ал Ҳилол"дан "Ал Насср"га жавоб. Ар-Риёдликлар навбатдаги юлдуз билан шартнома тузишга яқин  3 10:15Пулсиз қолиб кетган "Барселона" "Байер" етакчиларидан бири билан шартнома имзоламоқчи  3 09:48"Атлетико" трансфер ойнасини "ёндириш"да давом этмоқчи. Мадридликлар "Ман Сити" футболчиси билан келишувга эришди  1 09:20ПСЖ футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин   0 08:50Аббосбек Файзуллаев ЦСКАнинг ҳозирги ҳолати ҳақида фикр билдирди  2 08:22Перес даврида "Реал" академия тарбияланувчиларининг сотувидан қанча фойда кўргани ҳисоблаб чиқилди  0 07:56Про лига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:23Суперлига. Бугун Қосимов собиқ жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 07:10А Серия. Шомуродов "Рома" сафида гол урди, "Наполи" ва "Ювентус"да йирик ғалаба, 2-тур ўйинлари битта саҳифада  7 03:23Даҳшатли ўйин! Баҳс тақдири 100-дақиқада ҳал бўлган ўйинда "Сельта" 4та гол урди, аммо 3:4 ҳисобида мағлуб бўлди (+жадвал)  0

O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi farq yaqqol ko'rindi (batafsil sharh) Yangiliklar

O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi farq yaqqol ko'rindi (batafsil sharh)

FIFA kuni doirasidagi navbatdagi kunda O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ektor Kuperning O'zbekiston terma jamoasi rulidagi 14-uchrashuvida raqiblik qilgan KXDR argentinalik mutaxassis uchun begona emas. CHunki o'tgan yili kuzda ham aynan Toshkentda mehmon bo'lgan KXDR Marat Bikmaevning dubli evaziga mag'lub etilgandi.

Kuper boshqaruvida taslim etilgan jamoalar ro'yxatida birinchi bo'lib turgan KXDR ikkinchi bor raqiblik qildi.

O'tgan hafta Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi safida mazkur bahsda Kuper qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Xususan Turkiya bilan o'yinda boshlang'ich tarkibga kiritilgan Suyunov, Krimec, Sayfiev, Hoshimov, Musaev, Ro'ziev va SHomurodov bu gal zaxirada qoldirildi. Ularni o'rnini Quvvatov, Tursunov, Alijonov, Komilov, Aliboev, Ibragimov va Abduxoliqovlar egallashdi. Turkiya bilan bellashuvda boshlang'ich tarkibda bo'lgan to'rt nafar futbolchi, yani Ismoilov, Hamrobekov, Ahmedov va Masharipov KXDR bilan bahsni yana asosiy tarkibda boshladi. SHuningdek, KXDR bilan bahsni asosiy tarkibda boshlagan Quvvatov, Tursunov, Komilov, Alijonov va Aliboev Turkiyaga qarshi uchrashuvda zaxiradan ham maydonga tushirilmagandi. O'tgan gal zaxiradan maydonga tushirilgan va bugun boshlang'ich tarkibga qo'yilgan futbolchilar soni ikkitani tashkil qildi: Doston Ibragimov va Temurxo'ja Abduxoliqov.

Turkiya bilan o'yinda boshlang'ich tarkibga tushirilgan uchala "Paxtakor" azolari Suyunov, Sayfiev va Krimec bu gal o'yin qaydnomasidan o'rin olishmadi. Kuper yig'inga 26 nafar futbolchini jalb etgani bois, uchrashuv qaydnomasiga qoida bo'yicha 23 nafar futbolchi joylashtiriladi. O'tgan gal esa Botirali Ergashev, Ikrom Aliboev va Doston Tursunov ishtirok etishmagandi.

Qisqa qilib aytganda, Kuper o'tgan bahsga nisbatan tarkibda 7ta o'zgarishni amalga oshirdi. SHuningdek, Doston Tursunov va Iragimov ilk marotaba terma jamoa safida boshlang'ich tarkibga qo'yildi.

KXDR esa mazkur o'yin uchun Toshkentga mahalliy chempionatda ishtirok etuvchi futbolchilarni jalb etdi. Endigina jamoa ruliga kelgan Yung Jong Su ko'plab yangi futbolchilarga imkon berdi.

Qayd etish kerakki, mazkur jamoalarning boshlang'ich tarkiblarining o'rtacha yoshi: O'zbekiston (26,2) va KXDR (26,8)

Qayd etish kerakki, KXDR qishda BAAda o'tgan Osiyo Kubogi musobaqasida eng yomon natijani qayd etgan va shundan so'ng 120 kun ichida ilk marotaba yig'ilib, o'rtoqlik bahsini o'tkazayotgan jamoa bo'ldi.

SHuni alohida takidlash kerakki, mazkur o'yinda stadion muxlislar bilan deyarli liq to'ldi va uchrashuvdan avval ajoyib mozayka xosil qilindi.

Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bahsni terma jamoamiz xotirjamlik bilan boshladi. To'p nazoratiga egalik biz tarafda bo'lgan bo'lsada, uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni raqiblar sodir etishdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida CHoe Ju Song tomonidan berilgan zarbani Quvvatov bartaraf etib yubordi. SHundan so'ng vakillarimiz o'yin tizginini o'z qo'llariga olishdi. Bizning ilk hujum esa standart vaziyatlari orqali boshlandi. Dastlab Odil Ahmedovning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmagan bo'lsa, ikkinchi urinishda Ahmedov yana boshi bilan darvozani "o'qqa" tutishga urinib ko'rdi. Biroq uning boshi bilan bergan zarbasi dastlab erga tegib keyinchalik darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

KXDR jamoasi vakillari to'pni himoyadan olib chiqishda juda ko'plab texnik xatolar va noaniq uzatmalarni amalga oshirishdi. Natijada raqibning texnik no'noqligi oqibatida qator hujumlarimiz rivoj oldi. Yana bir xavfli vaziyat jarima zarbasidan so'ng vujudga keldi. Masharipovning jonli devordan o'tkazgan to'pi darvoza to'rining orqa tarafidan tegdi. Keyingi vaziyatda esa KXDR futbolchilarining navbatdagi qo'pol xatosidan so'ng Masharipovga nisbatan qoida buzildi va penaltidan Ahmedov hisobni ochuvchi golni kiritdi - 1:0.



Aynan penaltidan urilgan goldan so'ng vakillarimiz futbolchilari ishonch ko'tarildi va nisbatan hujumdagi rejalarni hayajonsiz amalga oshirishga intilishdi. Lekin hujumdagi ijodkorlik va pozicion hujumlar tashkil etishda birinchi bo'limda jamoamiz kutilgan o'yinni namoyish etishmadi. Asosan raqibning himoyadagi "brak"lari natijasida hujumlarimiz keskinlashib, raqib darvozasi oldida xavf tug'dirildi. SHulardan biri 36-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan samarali yakunlanishi mumkin edi. Biroq raqib xatosidan unumli foydalanib, Abduxoliqovni to'p bilan taminlagan Hamrobekoving uzatmasidan so'ng Temurxo'ja darvozani poylashda adashdi. Bu esa terma jamoamizning birinchi bo'limdagi oxirgi xavfli vaziyatiga aylandi.

Birinchi bo'limda KXDR futbolchilarining darajasi yaqqol ko'ringan bo'lsa, terma jamoamiz to'lib toshgan stadionda muxlislar kutgan chiroyli, hujumkor o'yinni to'liqligicha namoyish etishga ulgurmay tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda ham o'yin scenariysi o'zgarmadi. Hududiy ustunlik vakillarimiz tomonida bo'ldi. KXDR esa darvozamiz oldida xavf solishda birinchi taymdagi kabi faol ko'rinmadi. Aksincha, o'z xatolari qurboniga aylandi. Bu safar esa xatolar salmog'i ancha kattalashdi. Oddiy vaziyatlardagi texnik xatolar evaziga mazkur bahsdagi farq tabloda ham aks etdi. Avvaliga qarshi hujumni rivojlantirgan Ahmedov qanotdan ochilib borgan Ibragimovni to'p bilan taminladi, Doston esa markazdan ochilib kelayotgan Temurxo'ja Abduxoliqovni topdi va "Loko" hujumchisi zaxiraga olinishiga sanoqli soniyalar qolganida maydonni gol bilan chiroyli tark etdi - 2:0.

Uchinchi gol esa KXDR himoyachisining darvozabonga uzatgan to'pi va kiperning qo'pol xatosi hamda zaxiradan tushgan Igor Sergeevning bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishi bilan yakunlandi va tablodagi hisob yiriklashdi - 3:0.



Kiritilgan gollardan ruhlangan va ilhomlangan futbolchilarimiz hujumda yanada keskinroq va faolroq ko'rinishdi. Zaxiradan uchrashuvga qo'shilgan futbolchilar ham o'yinimizni jonlanishiga o'z xissalarini qo'shishdi.

Bahs yakuniga yaqin esa terma jamoamizning navbatdagi hujumi golga aylantirildi. Igor Sergeevning golli uzatmasidan so'ng Doston Tursunov bellashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0.


O'yin haqida xulosa qiladigan bo'lsak, bahsda jamoalar darajasi o'rtasidagi farq yaqqol ko'rindi. Birinchi bo'limda bu ko'proq KXDR futbolchilarining no'noq o'yinlarida ko'ringan bo'lsa, ikkinchi taymda hisobda ham to'liqligicha aks etdi.

SHu tariqa Ektor Kuper terma jamoamiz rulidagi 14-uchrashuvida o'zining 6-g'alabasini tantana qildi. Etiborlisi, ushbu g'alabalarning ikkitasi aynan Toshkentda KXDR (2:0, 4:0) ustidan qo'lga kiritildi. SHuningdek, argentinalik mutaxassis qo'l ostida o'rtoqlik bellashuvida Qatar (2:0), o'rtoqlik turnirida Xitoy (1:0), Osiyo Kubogida esa Ummon (2:1) va Turkmaniston (4:0) terma jamoalarini mag'lub etishga erishdik.

Yana etiborli tarafi, Kuper mazkur yig'ingan jalb etgan jami 26 nafar futbolchidan ikkita bahsda (Turkiya 0:2, KXDR 3:0) 22 nafarini o'yinda sinab ko'rishga erishdi. Yig'inga chaqirilgan futbolchilar orasidan faqatgina darvozabonlar Javohir Ilyosov, Botirali Ergashev va himoyachilar Islom To'xtaxo'jaev va Oleg Zoteev hozircha maydonga tushishgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni terma jamoamiz Toshkentda Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.



O'zbekiston - KXDR 4:0
7 iyun 2019 yil. Toshkent. "Milliy" stadion. 20:00.

Hakamlar: CHorimurod Qurbonov, Polvon Polvonov, Ahmad Beknazarov (uchalasi Turkmaniston)

Gollar: Odil Ahmedov 28 penalti, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 65, - 2:0. Igor Sergeev 68, - 3:0. Doston Tursunov 90+2, - 4:0.

O'zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Xojiakbar Alijonov (6.Davronbek Hoshimov, 46), 3.Doston Tursunov, 4.Akrom Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboev (19.Oston O'runov, 66), 9.Odil Ahmedov (21.Sardor Mirzaev, 84), 10.Jaloliddin Masharipov (17.Quvondiq Ro'ziev, 84), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (15.Igor Sergeev, 66), 22.Doston Ibragimov (23.Xurshid G'iyosov, 74)
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 13.Oleg Zoteev, 14.Eldor SHomurodov, 16.Botirali Ergashev, 18.Fozil Musaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev.
Bosh murabbiy: Ektor Kuper.

KXDR: 18.Sin Xyok, 3.Jang Kuk CHol, 6.Ri Tong Il, 7.CHoe Ju Song, 8.Xan Tae Xyok, 9.Kim Yong Il, 13.Sim Xyon Jin (14.Xong Jin Song, 62), 15.Ri Un CHol, 17.Ri CHang Xo, 19.Rim Kvang Xyok (12.Song Jong Xyok, 80), 23.Ri Yong CHol
Zaxira: 21.Kim Kvang CHol, 1.Ri Myong Guk, 2.Ri Jong Min, 4.Song Kum Il, 5.Song CHol Ung, 10.Kim Il Gvang, 11.Jong Il Gvan, 16.Xyon CHol Bom, 20.Pak Xyon Il, 22.Jo Sol Song.
Bosh murabbiy: Yun Jong Su.

Ogohlantirishlar: Ri CHang Xo 26, CHoe Ju Song 41, Ri Un CHol 45.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика